Ona mehri betimsol va uning o‘lchovi yo‘q.

Ona mehri betimsol va uning o‘lchovi yo‘q. Alloh taolo onalar qalbiga shunday g‘aroyib va beqiyos mehr-muhabbat urug‘ini joylaganki, buning ta’rifiga til ojiz. Hayotning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida har-xil taqdirlarni kuzatamiz. Bolasidan voz kechgan, dilbandini nimalargadir alishgan “ona”lar yo‘q desak gapimiz haqiqatdan uzoqlashadi. 

Afsuski, ana shunday onalardan biri F.F o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi F.Jni ojizligini bila turib, tanasining turli qismlariga qo‘llari va o‘tmas jismlar bilan urib, muttaasil do‘pposlagan va hovlisiga qamab, turli yo‘llar bilan qiynagan. 

Karmana tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan F.Jda bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, bosh ensa, yuz, lunj, ikkala yelka, bilak va qo‘l kafti ikkala boldir sohasi yumshoq to‘qimalarining va teri osti gematomalari so‘rilish bosqichi, burun qirrasi, o‘ng qo‘l yelka, tirsak bo‘g‘imi, o‘ng qo‘l kaft tashqi yuzasi, chap qo‘l bilak bo‘g‘imi, tirsak, chap ko‘z pastki qovoq, chap tomon ko‘krak qafasi 9-10-qovurg‘alar proeksiyasi, chap tomon dumba, o‘ng oyoq tizza, boldir, kaft, chap oyoq tizza, boldir sohalardagi qontalashlar, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, shu sohadagi shilinma, bosh ensa yuqori qismidagi, o‘ng qo‘l va o‘ng oyoq kaft sohalaridagi shilinma kabi jarohatlari bilan sog‘liqni buzilishiga olib kelgan tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, F.Fga Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismining “a,v“ bandlari bilan 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Farrux Qahhorov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ona voyaga yetmagan bolasini hovliga qamab, turli yo‘llar bilan muttasil qiynagan