Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida yirik toʻqimachilik korxonasiga tamal toshi qoʻyildi.

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida yirik toʻqimachilik korxonasiga tamal toshi qoʻyildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, tuman hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda xitoylik investorlar ishtirok etdi.

photo5240006396752276512.jpg

Oʻtgan yilning 16-noyabrida “HengBang Textile Central Asia” kompaniyasi bilan ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan investitsion kelishuvga erishilgan edi. Unga asosan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidagi “HengBang Textile Central Asia” xorijiy korxonasi tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Toʻqimachilik sanoatidagi boshqa korxonalardan farqli tarzda, yangi korxonada ip-kalava tikuvchilik qiyqimlaridan, yaʼni mamlakatimiz tikuvchilik korxonalarining ishlab chiqarish chiqindilaridan yigiriladi.

photo5240006396752276513.jpg

Toʻgʻridan-toʻgʻri Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyasi ishtirokida amalga oshiriladigan hamda texnologik jihatdan noyob ushbu loyihaning ishga tushirilishi bilan 1 ming 200 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.

photo5240006396752276514.jpg

Joriy yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan va umumiy loyiha qiymati 30 million dollarni tashkil etadigan ushbu korxonada yiliga 40 ming tonna ip-kalava ishlab chiqariladi va tayyorlangan mahsulotning salmoqli qismi Rossiya Federatsiyasi bozoriga eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Loyiha yiliga 60 million dollarga teng eksport imkoniyatlarini ochadi. Ushbu korxona viloyatdagi eng yirik eksportyorlardan biriga aylanishi kutilyapti.

photo5242416354441669813.jpg

Taʼkidlash joiz, 680 gektar maydonni egallagan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda umumiy qiymati 513,7 million dollar boʻlgan 14 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

photo5242416354441669837.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik toʻqimachilik korxonasi barpo etiladi