Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari“ uyushmasi tomonidan “Qurilish materiallari sohasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar“ mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda uyushmaning axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’ruza qildi.

Mamlakatimizda 10 mingdan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritishi ta’kidlandi. Ilm-fan yutuqlaridan foydalanish natijasida qurilish materiallari turi 100 taga yetkazildi. 2024 yilda 42 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, reja 116 foizga bajarildi. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 4,8 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 44 million kvadrat metr qurilish oynasi, 90 million kvadrat metr gipsokarton, 17,8 million tonna sement, 52 million kvadrat metr keramik plitka, 365 ming tonna quruq qurilish aralashmasi, 6 ming tonna gulqog‘oz ishlab chiqarildi.

Sohada jami 2,2 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 1,4 milliard dollari xorijiy investitsiya va kreditlarni tashkil etdi. 2024 yilda eksport hajmi 831 million dollarga yetdi. Eksport qilingan mahsulotlarning 26,2 foizi metall buyumlar, 8,7 foizi keramika mahsulotlari, 15,1 foizi PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 6,6 foizi quruq qurilish aralashmalari ulushiga to‘g‘ri keldi.

[gallery-22221]

– E’tiborli jihati, 2024 yilda eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 tadan 65 taga oshdi. Eksportyor korxonalar soni 1 450 taga yetkazilib, eksport geografiyasi 56 davlatdan 60 taga kengaytirildi. Davlatlar kesimida Qozog‘istonga 22,6 foiz, Qirg‘izistonga 12,4 foiz, Tojikistonga 13,9 foiz, Rossiyaga 24,5 foiz, Turkmanistonga 2,5 foiz, Litvaga 1,6 foiz va Xitoyga 0,9 foiz mahsulot eksport qilindi. Shuningdek, Kipr, Malayziya, Avstraliya, Serbiya kabi yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 3,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, belgilangan reja 104,5 foizga bajarildi, – dedi J.Shermetov.

Shuningdek, matbuot anjumanida joriy yilgi rejalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, 2025 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 50 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Eksport hajmi 1,2 milliard dollarga, mahalliylashtirish ko‘lami esa 4,4 trillion so‘mga oshiriladi. Yil davomida 18 million tonna sement, 48,2 million kvadrat metr qurilish oynasi, 52 million kvadrat metr keramik plitka, 95 million kvadrat metr gipsokarton, 1 million 30 ming dona sanitar-texnik buyumlar, 5,2 million o‘ram gulqog‘oz ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Qurilish materiallari eksportini kengaytirish maqsadida Latviya, Qozog‘iston, Tojikiston, AQSH, Rossiya, Afg‘oniston davlatlarida O‘zbekiston savdo uylari va omborlari tashkil etiladi.

Jumladan, 6 ta “Savdo uyi“, 10 ta savdo ombori faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 50 turdan ortiq qurilish materiallari eksport qilinadi. Shuningdek, 20 dan ortiq yirik korxona eksport hajmlarini oshiradi va qo‘shimcha 250 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Tadbirda 2025 yilda sohada 2,4 milliard dollarlik 204 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 14 211 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlandi.

Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yilda eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 tadan 65 taga oshdi