Saudiya Arabistoni bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi turi aniqlangandan so‘ng xalqaro parvozlar, jumladan, «Umrah International» — Umra ziyorati uchun xalqaro parvozlarni ham vaqtincha to‘xtatdi.
“RBK” xabarida ma’lum qilinishicha, yangi cheklovlar ushbu virus haqidagi ma’lumotlar aniq bo‘lgunga qadar amal qiladi. Hozircha uning muddati bir hafta qilib belgilangan.
Cheklov ushbu shartlarni o‘z ichiga oladi:
xalqaro parvozlarni to‘xtatdi, ammo avvalroq qirollikka xorijdan yetib kelganlar mamlakatni tark etishi mumkin;
quruqlik va dengiz chegaralari vaqtincha yopildi;
Yevropa mamlakatlaridan yoki koronavirusning yangi turi paydo bo‘lgan har qanday davlatdan qaytib kelgan fuqarolar ikki hafta davomida o‘zini izolyatsiyalashi, COVID-19 testini topshirishi kerak;
so‘nggi uch oy ichida Yevropadan yoki yangi koronavirus turi paydo bo‘lgan mamlakatdan qaytib kelganlar uchun koronavirusga topshiriladigan test ham majbur qilib belgilandi.