Qirg‘izistondan katta miqdordagi giyohvandlik moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, uni sotmoqchi bo‘lgan shaxsga sud hukmi o‘qildi.

“Zahri qotil” butun dunyo bo‘ylab xavotir urug‘ini yoygan dolzarb muammodir. U insonlarni o‘z yo‘lidan adashishiga, insoniylik qiyofasini yo‘qotishiga olib keladi. Mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, uning mamlakatimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi Ibrohim Yormatov 12 kilogramm 985 gramm  «gashish» giyohvandlik moddasini Farg‘ona viloyatiga olib ketayotgan vaqtida Andijon viloyatining Asaka tumanida qo‘lga olindi.

U muqaddam ikki marta sudlangan bo‘lsada, aslo xulosa chiqarmadi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtasa qo‘ymas deganlaridek, yana jinoyatga qo‘l urdi. Aniqlanishicha, u xavfli retsidivist bo‘lgani holda 2019 yilning fevral oyi oxirlarida ko‘p miqdordagi “gashish” giyohvandlik vositalarini bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga o‘tkazib, sotish yo‘li bilan noqonuniy ravishda daromad topishni rejalashtirgan. Buning uchun qirg‘izistonlik “Aydar” hamda “Oybek” ismli shaxslar bilan oldindan til biriktiradi.

I. Yormatovning suddagi ko‘rsatuviga ko‘ra, kursdoshidan qarzini so‘raganida bir tanishi qo‘ng‘iroq qilishini va undan pul yoki qarziga yarasha qandaydir yuk olishini aytgan. Bu xizmat evaziga 7 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi qarzini chiqarib olishini bildirgan. Unga “Aydar” qo‘ng‘iroq qilib, Qirg‘izistondan “gashish” giyohvandlik vositalarini aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga olib o‘tganini, Ibrohimga Asaka shahriga kelib, uni olib ketishini ma’lum qilgan. U bu yerda “yuk”ni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Agar huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan katta miqdordagi og‘u to‘xtatib qolinmaganida, giyohfurushning faoliyatiga chek qo‘yilmaganida bormi, bu zahri qotil necha-necha insonlarni giyohvandga aylantirar, umr zavoliga aylanardi.

Sud jarayonidagi turli vajlar dalillar oldida ojiz qoldi. I.Yormatovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan 13 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfli retsidivist katta miqdordagi giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga olindi