Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi O‘zAga asoslanib O‘zbekiston hayotiga oid dolzarb yangiliklarni muntazam e’lon qilib kelmoqda.
Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida
Agentlik O‘zbekistonda qiymati 9 milliard dollarlik 52 ta loyiha hayotga joriy qilinishi haqidagi xabarga e’tibor qaratdi.
Mazkur loyihalar ishga tushirilsa 4,1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi, 1,1 milliard dollarlik mahsulotning importiga chek qo‘yiladi, 1,45 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat hosil qilgan mahsulotlarning eksporti ta’minlanadi va 6,5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, deb yozadi Xitoyning yetakchi axborot manbai.
O‘zbekistonda har yili taxminan 60 milliard kubometr tabiiy gaz ishlab chiqariladi, uning katta qismi mamlakat ichkarisida iste’mol qilinmoqda.
2020 yil boshida O‘zbekiston hukumati 2025 yilga kelib tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi va qo‘shimcha qiymat hosil qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uni chuqur qayta ishlashni boshlashi haqida ma’lum qilgan edi, deya takidlaydi Sinxua O‘zAga tayanib.
O‘zA