«Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan tadbirda «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori Z.Kerimzatov, «Taxiatosh issiqliq elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori F.Xalilayev, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston filiali direktori S.Umbetovlar ishtirok etib, bugungi kunda sanoat korxonalarini, tadbirkorlik sub’ektlarini va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2019 yil 9 iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 380 ming 226 dona zamonaviy elektron hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Shu kunga qadar jami 325 ming 597 dona zamonaviy elektr hisoblagich o‘rnatilgan. 

Joriy yilning yakuniga qadar yana 54 ming 629 dona zamonaviy elektron hisoblagich o‘rnatilib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulash nazarda tutilgan. Bu aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

[gallery-197]

«Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida joriy yil 10 oyi davomida jami 1139,4 million kVt.soat, shu jumladan aholiga 449,2 million kVt.soat va ulgurji iste’molchilarga 690,2 million kVt.soat. elektr energiyasi yetkazib berildi. “Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” Dasturi doirasida 426,6 kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 172 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Ushbu ishlar uchun 31,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 1552,1 kilometr uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmog‘i, 443 dona transformator punkti va 3 ta yuqori kuchlanishli podstansiya mukammal ta’mirlandi.

«Taxiatosh issiqliq elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatida shu kunlarda ikkita yangi zamonaviy bug‘-gaz uskunasining qurilish-montaj ishlari yakunlanib, test rejimida ishlamoqda. Kelgusi yilning fevral oyida yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan ushbu zamonaviy bug‘-gaz uskunasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

– Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 noyabrdagi “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida jami 197 milliard so‘mlik 101 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish va logistika bo‘yicha direktori Joldas Narmanov. – Shundan 442 ta transformator punktini, 1023 kilometr elektr uzatish tarmog‘ini qurish va rekonstruksiyalash ishlari olib boriladi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Elektr ta’minoti: muammo va yechim