Navoiy viloyatining Karmana tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 100 million dollar bo‘lgan 100 MVt quvvatli quyosh elektrostansiyasi quriladi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida kompaniya ta’sischiligida "NUR NAVOI SOLAR" xorijiy korxonasi tashkil etildi.

Qurilish ishlari 2020 yiling uchinchi choragida boshlanib, 2021 yil uchinchi choragida to‘liq ishga tushiriladi. Mazkur korxona loyihani 25 yil davomida saqlaydi va boshqaradi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2030 yilga qadar 5 GVt qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Xalqaro Moliya korporatsiyasining (IFC) "Scaling Solar" dasturi doirasida O‘zbekiston 1 GVt quyosh fotoelektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rnatishni rejalashtirgan.

2019 yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Davlat xususiy sherikchilik asosida yurtimizda birinchi quyosh elektrostansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish va qurish maqsadida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi kelishuv va Investitsion kelishuv bitimi imzolangan edi.

– Dastlabki saralash tanlovida XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiya mamlakatlarining 23 ta kompaniyasi ishtirok etib, yakunda BAA ning “Masdar” kompaniyasi davlat - xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolarida g‘olib deb e’lon qilingan edi, – deydi Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jonibek Norbo‘tayev. – Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar 2020 yilning yanvar oyida imzolangan. Shuningdek, joriy yil 20 noyabr kuni viloyat hokimligida “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari, viloyat Ekologiya boshqarmasi viloyat Bojxona boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida ushbu loyihaning texnik asoslari, istiqbolli natijalari va mavjud muammolari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasining “SEPKO III” LTD kompaniyasi pudratchi korxona sifatida tanlab olingan. Loyihani amalga oshirish uchun Navoiy viloyati Karmana tumani hokimining 2020 yil 5 avgustdagi Q-411-sonli qaroriga asosan “Malik” MFY hududidan 283 gektar yer maydoni ajratilgan. Ayni paytda loyiha doirasida ma’muriy binolarining qurilish ishlari boshlangan, birlamchi zarur uskunalarni o‘rnatish maqsadida tanlab olingan yer maydonida sinov ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, viloyatning olis Tomdi tumanida umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan 500 MVt quvvatli shamol elektrostansiyasini qurish rejalashtirilgan Ayni paytda loyiha doirasida aniq parametrlarni belgilash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatdagi quyosh elektrostansiyasi quriladi