Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlagan G.Yuldashova bilan bog‘liq jinoyat ishi, ayolning qamoqda saqlanishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ushbu ish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Sudga Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi S. Avlakulov raislik qilmoqda.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi binosida sudlanuvchilar G.Yuldashova (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlagan), Sh. Ro‘zmetov (Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori lavozimida ishlagan), J. Ziyadullayev (Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori lavozimida ishlagan), A. Dadamatov (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh hisobchisi, Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan), J.Akimova (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan)larga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqilmoqda.  

Sudlanuvchilar G.Yuldashova Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi), Sh.Ro‘zmetov, J.Ziyadullayev Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) da, A.Dadamatov, J.Akimova Jinoyat kodeksining 167-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.  

             M.Burhonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chirchiqlik sobiq bosh shifokor va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi