Bugun O‘zbekistonda ikkinchi Fan va atom festivali o‘z ishini onlayn formatda boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu festival ilm-fan va texnika sohasidagi milliy yutuqlardan jamoatchilikni xabardor qilish, yoshlar o‘rtasida texnik mutaxassisliklarni targ‘ib etish, insonlarning atomni tinchlik maqsadida ishlatish bo‘yicha xabardor qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda “O‘zatom» agentligi boshqarma boshlig‘i Shavkat Abdukomilov, Rossiyaning Rostov Don Atom texnologiyalari axborot markazi rahbari o‘rinbosari Aleksey Borovik va boshqalar fan va atom festivalining an’anaviy o‘tkazilishi ushbu sohani yanada rivojlantirish va bu yo‘nalishdagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Aytish joizki, joriy yil koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli festival onlayn shaklda o‘tkazilmoqda. Ikki kunlik dastur o‘zbek va rus olimlarining ma’ruzalari, ilmiy o‘qishlar, ochiq munozaralar, viktorinalar, tok-shoular, o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladigan mahorat darslarini o‘z ichiga oladi.

Tadbirda ekspert Aleksey Borovik "Nima uchun aynan atom" mavzusida sohani rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli ilmiy xulosalarini bayon etdi.

- Atom elektr stansiyalar faoliyati o‘zining quvvati va ekologik jihatdan zararsiz ekani bilan muhim hisoblanadi, - dedi Aleksey Borovik. - Shu bilan birga, ular energiya manbalarini uzluksiz ta’minlashi va atrof-muhitga zararsizligini alohida qayd etish lozim. Bugun yaratilayotgan zamonaviy yadro bloklar 60 yil ishlash quvvatiga ega. Deylik, quyosh batareyalari 25 yilga mo‘ljallangan va bunday stansiyalardan elektr energiya ishlab chiqarish qimmatga tushadi. AESlar orqali elektr energiya olish esa arzon. Demoqchimanki, ushbu zamonaviy manbaga talab bor va bugungi kunda Vengriya, Finlyandiya, Fransiya kabi Yevropa davlatarida AESlar barpo etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festivalda O‘bekistonning yetakchi ekspert-mutaxassislari, Fanlar akademiyasi, Yadro fizikasi instituti, "Moskva muhandislik-fizika instituti" Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali, “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Materialshunoslik instituti, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, «UzlitiEngineering» kompaniyasi, “O‘zatom” agentligi, “Aqlli shahar – Raqamli Toshkent” va MyWay loyihalari vakillari onlayn ishtirok etmoqda.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fan va atom festivali: nima uchun aynan atom?