AQSH prezidenti Donald Tramp saylovchilarning ko‘pchiligi demokrat Jozef Baydenga ovoz bersa, Oq uyni tark etishini ma’lum qilgan edi, deyiladi "TASS" xabarida.

"Taslim bo‘lish juda qiyin narsa, chunki biz katta firibgarliklar bo‘lganligini bilamiz. Vaqt biz tomonda, hamma narsa biz tomonda", dedi AQSH prezidenti.  

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Arizona va Pensilvaniya shtatlarida yutqazishi mumkin emas edi.

2024 yilgi saylov kampaniyasida ishtirok etish to‘g‘risidagi savolga davlat rahbari quyidagicha javob berdi: "Men 2024 yil haqida gapirishni istamayman, chunki bu juda uzoq. Bu uzoq yo‘l. Siz katta firibgarlikni, yuz minglab ovozlarni ko‘rishingiz mumkin. Bayden 80 million ovoz ololmadi. Butun dunyo bizning saylov jarayonimizni kuzatmoqda va kulmoqda. Bu juda achinarli holat"

Prezidentdan Oq uydan ketish to‘g‘risida so‘ramoqchi bo‘lgan muxbirlardan biriga Tramp, hozirda  AQSH prezidenti ekanligini, u bilan bunday gaplashmaslik kerakligini uqtirgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Donald Tramp Oq uyni qachon tark etadi?