bugungi kunda barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, energetika tizimida ham. Bundan maqsad aholi va iste’molchilar talabini qondirishdir.

To‘g‘ri, hozir kunlar sovuq. Ta’minotda uzilishlar bo‘lyapti. Lekin muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga harakat qilayapmiz. Keyingi yillarda 7 million 400 ming dona zamonaviy hisoblagich aholi xonadonlariga bepul o‘rnatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ASKUE tizimi talablariga mos keluvchi hisoblagichlar o‘rnatishdan maqsad ham xalqimiz manfaatini himoya qilish va ularga qulay sharoit yaratishdir.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati elektr energiyani iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqaradi. 2020 yil 1 oktyabr holatiga, jamiyat tasarrufidagi 14 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda 230 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 35-110 kV kuchlanishga ega 1 ming 623 ta nimstansiya, 82 ming 591 ta transformator punkti va 252,2 ming kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

O‘z-o‘zidan shunday savol tug‘iladi: nima uchun ASKUE tizimini joriy etish kerak? Javob shuki, ta’minotchi va iste’molchi o‘rtasida haqqoniy munosabat o‘rnatiladi. Bu yerda tanish-bilish bo‘lmaydi, to‘lov o‘z vaqtida bajariladi.

Noyabr oyining oxirgi o‘n kunida tashkilotimizga 50 mingdan ortiq telefon orqali murojaat bo‘ldi. 25 ming nafardan iborat jamoamiz kechayu kunduz mavjud muammolarni bartaraf etish bilan band. Pandemiya sharoiti – apreldan avgust oyigacha iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minladik. Ular orasida qancha qarzdorlar bor. Uch yildan buyon qarzini to‘lamagan fuqarolarimiz nima der ekan? Qars ikki qo‘ldan chiqadi, degan purma’no maqolimizni ham unutmaylik. Qo‘lingizdagi telefonning puli tugasa, darrov to‘lovni amalga oshirasizu, elektr energiyaga kelsa, yillar o‘tsa hamki, befarq bo‘laverasizmi?!

To‘g‘ri, kamchiliklar uchun hurmatli iste’molchilarimiz va xalqimizdan uzr so‘raymiz. Kamchiliklarimizni tan olamiz va ularni bartaraf etish uchun sohada modernizatsiya ishlarini olib boryapmiz.

bugungi kun holatiga respublika bo‘yicha jami 4 million 765 ming 255 nafar yoki 64 foiz iste’molchilarga ASKUE tizimi talablariga mos keluvchi hisoblagichlar o‘rnatildi. Ushbu hisoblagich o‘rnatilgan iste’molchilarning qariyb 2,5 million nafari yoki 51 foizi billing tizimiga ulandi.

Elektr energiyasi iste’molchilariga ASKUE tizimini joriy etishdan asosiy maqsad, iste’molchi va ta’minotchi o‘rtasidagi shaffoflikni ta’minlash, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritish, to‘lov intizomini mustahkamlash, elektr energiyasini taqsimlashda har bir iste’molchi va transformator punkti kesimida kerakli ma’lumotlarni olish va tahlil qilib borishdir. Ushbu olingan ma’lumotlar asosida modernizatsiya ishlarini amalga oshirib borish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, ushbu tizim orqali iste’molchilarning hisoblagichlariga tashqaridan aralashuvlar, noqonuniy foydalanish holatlarining oldi olinishiga erishiladi. Amalga oshirilgan tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat iste’molchilarimiz oxirgi o‘chirish chorasini ko‘rilmaguniga qadar foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmaydi. Masalan, foydalangan elektr energiyasi uchun bir yildan ortiq davr mobaynida to‘lovlarni amalga oshirmagan iste’molchilar soni 903 305 nafarni tashkil etib, shundan qarzdorligi mavjudlari 573 655 nafar. Uch yildan ortiq davr mobaynida to‘lov amalga oshirmagan iste’molchilar soni 361 185 nafarni, shundan qarzdorlari 283 489 nafarni tashkil etmoqda.

Uch yildan buyon umuman to‘lovlarni amalga oshirmagan qarzdor iste’molchilar Samarqand viloyatida 46 158, Toshkent viloyatida 45 685, Farg‘ona viloyatida 28 770 va Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil etayotganligini ta’kidlashimiz lozim.

Shu bilan birga, iste’molchilarning qarzdorliklari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, bugungi kun holatiga qarzdorligi yuqori bo‘lgan ya’ni 1 million so‘mdan 3 million so‘mgacha bo‘lgan qarzdor aholi iste’molchilari soni 157 839, 3 million so‘mdan 5 million so‘mgacha 14 890 va 10 million so‘mdan yuqorisi 5 199 nafardir.

Ko‘p holatlarda qarzdorligi mavjud iste’molchilar tarmoqdan ajratilganda ular tomonidan o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib olish holatlari mavjud edi. ASKUE tizimi aynan shu muammolarning yechimidir.

Shuni alohida ta’kidlashni istaymizki, biz elektr energiyaning uzilishidan emas, aksincha, uning sotilishidan manfaatdormiz. Qarzdorliklarning yuqori miqdorlarda saqlanib qolinishi esa sohaga salbiy ta’sir qiladi.

Ulug‘bek MUSTAFOEV,

“Hududiy elektr tarmoqlari”

aksiyadorlik jamiyati

boshqaruvi raisi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulug‘bek Mustafoyev: “biz elektr energiyaning uzilishidan emas, aksincha, uning sotilishidan manfaatdormiz”