O‘zbekistonda yengil avtomobillar eksporti 127,2 million dollarga oshdi

Qirg‘iz Respublikasining bosh axborot manbai – “Kabar” agentligi saytida e’lon qilingan xabarda joriy yilda mamlakatimizning avtomobil sanoatida erishilgan ijobiy natijalar haqida so‘z boradi.  

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan xabarda mamlakatimizning bu boradagi ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sgani e’tirof etilgan. Xabarda qaysi davlatlar o‘zbek avtomobillariga xaridorligi, shu bilan birga mamlakatimiz importi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.

“Sinxua” andijon va xitoy biznes doiralarining hamkorligi haqida yozdi

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi muxbiri Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan uyushtirgan eksklyuziv intervyusi mazkur agentlik saytida e’lon qilindi.  

Maqola avvalida ulkan auditoriyaga ega mazkur agentlik Andijon viloyati haqida qiziqarli faktlarni taqdim etgan. Suhbat davomida Andijon va Xitoy kompaniyalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarning joriy holati va istiqbollari ochib berilgan.  

Shu bilan birga maqolada ikki tomon o‘rtasida hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligi, Andijondagi EIZlar orqali Xitoy bilan iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga chiqarish imkoniyatlari bisyor ekani ta’kidlangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon matbuoti O‘zbekiston haqida