Joriy yil 25 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmatining (Rosselxoznadzor) rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga bulg‘or qalampiri va pomidor mahsulotlarini kirib kelishi uchun vaqtinchalik ta’qiq qo‘yilgani to‘g‘risida maqola chop etilgan.

Ushbu ta’qiq faqatgina Farg‘ona viloyatidan eksport qilinuvchi mahsulotlarga taalluqli ekani qayd etilgan.  

Birlamchi o‘rganishlar ko‘rsatdiki, Farg‘ona viloyatidan yuborilgan bulg‘or qalampiri (4 kg.) va pomidor (6 kg.) mahsulotlarining namunalarida “Rosselxoznadzor” laboratoriya tahlillariga ko‘ra, “Tomato brown rugose fruit virus” virusi aniqlangan.

Mazkur xabardan so‘ng Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbariyati tomonidan “Rosselxoznadzor” rahbariyati bilan tezkor ravishda onlayn muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasida, mazkur ta’qiqni qisqa muddatlarda yechish maqsadida mahsulotlar yetishtirilgan hududdagi barcha issiqxona va ekin maydonlarida o‘simliklar karantini nazorati o‘tkazilishi va mazkur kasallikni hamkorlikda o‘rganishga kelishildi.

Qayd etish lozimki, “Tomato brown rugose fruit virus”, ya’ni pomidorning jigarrang burishish virusi shu paytgacha O‘zbekiston hududida aniqlanmagan.  

Mazkur holat yuzasidan O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi vakillaridan maxsus Ishchi guruh tuzilib, shu kunning o‘zida Farg‘ona viloyatiga yuborildi.  

Batafsil ma’lumotlar o‘zaro o‘rganishlardan so‘ng taqdim etiladi.

“O‘zdavkarantin” inspeksiyasi  

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga bulg‘or qalampiri va pomidor mahsulotlarini olib kirish uchun vaqtinchalik ta’qiq qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumot