Jamoatchilik hamda jurnalist va blogerlar talqinida 2020 yilning eng faol va shaffof, eng namunali, eng yetakchilarini aniqlanishiga oz fursat qoldi.

O‘zA — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan “YIL TANLOVI”ning II bosqichi yakunlandi.

Unda 2020 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” “2020 yilning eng faol banki”, “2020 yilning eng yetakchi siyosiy partiyasi”, “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi”, “Eng namunali tuman” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha jamoatchilik so‘rovnomasi o‘tkazildi.

Jamoatchilik so‘rovnomasida 2020 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari, vazirliklar, qo‘mita, uyushma va agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, barcha viloyat va shahar tumanlari ishtirok etdi.

So‘rovnoma nominatsiyalar bo‘yicha www.uza.uz sayti hamda agentlikning telegram kanalida e’lon qilib borildi.

III bosqich:

— Asosiy bosqich bo‘lib birinchi va ikkinchi bosqich g‘oliblarining eng munosiblari kurashadi ular jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida aniqlanadi.

Yangi yil arafasida eng kuchli oltita tizim, ya’ni bitta birinchi o‘rin, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin, shuningdek, qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilinadi. Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, O‘zA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

P/S: Ayni paytda yopiq ovoz berish yo‘li bilan jurnalist va blogerlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“YIL TANLOVI — 2020” III bosqich boshlandi