O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommukatsiyalar agentligida shu mavzuda brifing tashkil qilindi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor G‘ulomov va qo‘mita mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda is gazidan zaharlanish oqibatlari haqida gap bordi.

– Har yilgi o‘rganishlar ko‘rsatadiki, is gazidan zaharlanishning asosiy sababi, ko‘p xonadonli uylarda issiqlik yetkazib berish tizimining yaroqsiz holga kelishidir, – deydi B.G‘ulomov. - Ko‘p xonadonli uylarda isitish yetkazib berilmasligi natijasida xonadonlarda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan qo‘lbola isitish pechlaridan foydalanish, uyda gaz yoqish, ovqat pishirish jarayonida bosim pasayishi, uzilishi yomon oqibatlarga olib keladi. Aholi kechasi bu moslamalarni qarovsiz, ya’ni yoniq qoldirishi oqibatida is gazidan emas, gazning o‘zidan zaharlanadi.

Yana bir sabab: ertalab gaz o‘chib, qayta gaz kelishi tufayli uxlab yotgan kishi uyqusirab chiroqni yoqadi. Natijada uchqundan chatnash, portlash sodir bo‘ladi.

Is gaziga to‘xtaladigan bo‘lsak, bosim pasaysa-pasaymasa ham, olov yonib turaveradi. Xona shamollatilmaydi. Shunda xonada gaz konsentratsiyasi ko‘payib, kislorod kamayib ketadi va o‘pkada asfeksiya degan hodisa ro‘y beradi.

M.Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Is gazidan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling