Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan Quvasoy shahrida davlat fuqarolik xizmatchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi, uning o‘rinbosarlari, sohaga daxldor tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.

bugungi kunda agentlikning hududiy filiali o‘z faoliyati davomida viloyatdagi yuzdan ziyod davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish yuritib, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish borasida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etish, shaffoflik asosida ishga qabul qilishga alohida e’tibor qaratilyapti. Hozirda tajriba tariqasida Qo‘qon shahar va Quva tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab borish tizimini joriy etish ishlari boshlangan.

– Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) – davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan funksional majburiyatlari va topshiriqlarni ijro etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash uchun qo‘llaniladigan va miqdoran o‘lchash mumkin bo‘lgan baholash indikatori hisoblanadi, -deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari o‘rinbosari Ahadjon Akbarov. -Endilikda viloyatdagi barcha shahar, tuman hokimi va uning barcha o‘rinbosarlarining 59 ta aniq vazifa va 73 ta ko‘rsatkich bo‘yicha har chorakda baholab boriladi. Reyting baholash tizimini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kunlik ish faoliyati natijadorligini oshirish barobarida belgilangan vazifalarni bajarish orqali oylik va choraklik ko‘rsatkichlarni ijrosini ta’minlashga erishilishdan iborat. Natijalarga ko‘ra, har chorak yakuni bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo qo‘llanishi belgilanadi.

O‘tgan davr mobaynida hokim va o‘rinbosarlari belgilangan vazifa va ko‘rsatkichlar yuzasidan birinchi chorak yakunlari bo‘yicha Qo‘qon shahri 36,7 ball, Quva tumani esa 36,8 ballni qo‘lga kiritgan. Respublika miqiyosida tajriba tariqasida belgilab olingan 12 ta tuman -shaharlar ichida eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi. 9 oylik yakuni bilan esa ular faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilib, Qo‘qon shahri 92,9 ball, Quva tumani esa 91,6 ballni olib, “yaxshi” hududlar ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlarining reyting baholash tizimi joriy qilindi.

Mazkur seminarda hokim va uning barcha o‘rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari mezonlari haqida ma’lumotlar berilib, vazifalar belgilab olindi. Reyting asosida baholash tizimi tajriba tariqasida olib borilayotgan hududlar misolida tushuntirildi.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim va o‘rinbosarlar faoliyatiga baholash tizimi joriy etilmoqda