“O‘zbekiston 24” teleradiokanali, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, qolaversa, ijtimoiy tarmoqlar orqali Kogon shahar “Turkiston” MFYda “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan 250 bemor qatnoviga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika binosining qurilishi kechikayotgani bilan bog‘liq chiqishlar jamoatchilik e’tiboriga tushdi.

Takror bo‘lsa-da qayd etish joizki, “Obod mahalla” davlat dasturi asosida 2019 yilda “Turkiston” MFYda qurilishi loyihalashtirilgan 250 qatnov o‘rniga ega mazkur oilaviy poliklinika qurilishini  “G‘ijduvon Zarangari kurilish” MCHJ pudrat tashkiloti binokorlari o‘z zimmalariga olishgan. Bu to‘g‘rida 2019 yil 12 iyuldagi 239-sonli qurilish-pudrat shartnomasi imzolanib, loyiha qiymati 5 milliard 824 million so‘mga baholangan.  

Mazkur ikki qavatli shifoxonada bugunga qadar xususiy pudrat korxonasi  tomonidan jami 4 milliard 370 million so‘mlik ish bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy ob’ektning 75 foizini tashkil qiladi. Shu yil mart oyidan yurtimizda pandemiya munosabati bilan e’lon qilingan karantin cheklovlari, qolaversa, xom ashyo ta’minotidagi muammolar bois tibbiyot muassasasi qurilishi to‘xtab qolgan. Bugunga kelib mazkur ob’ektda pudrat tashkiloti tomonidan bajarilgan qurilish–montaj ishlari yuzasidan 2 milliard 217 million so‘m qarzdorlik kelib chiqqan. Bu yerda boshlangan qurilish–montaj ishlarini yakunlash uchun 3 milliard 46 million so‘m hamda oilaviy poliklinikani talab darajasida jihozlash uchun 355 million so‘m mablag‘ talab etilmoqda.  

Ayni paytga qadar moliyaviy manba bo‘yicha aniq bir gap aytishning imkoni bo‘lmagan edi. Biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 21 noyabrdagi Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha bergan konstruktiv topshiriqlari, tavsiya va ko‘rsatmalariga doir bo‘lib o‘tgan Majlis bayoniga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mazkur tibbiyot muassasasi qurilishi va jihozlanishi bilan bog‘liq sa’y-harakatlar davom ettiriladigan bo‘ldi. Muhimi, inshootning foydalanishga topshirilishi tufayli hududda istiqomat qilayotgan 10 mingga yaqin fuqaroga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi-xizmati injiniring kompaniyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinika qurilishi bilan bog‘liq moliyaviy muammo hal qilindi