O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov “Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish: mintaqaviy o‘sish va oldinga intilish” onlayn-konferensiyasida ishtirok etdi.

Tadbirda BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German, BMT Taraqqiyot Dasturi mintaqaviy rahbari o‘rinbosari hamda Yevropa va MDH bo‘yicha administratori yordamchisi o‘rinbosari Agi Veres qatnashdi.

Anjumanda terrorizmga qarshi kurash sohasida fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning rolini oshirish orqali mazkur yo‘nalishdagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilindi.

Sh.Asadov ishtirokchilarni mamlakatimizda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha erishilgan yutuqlar bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston ayni sohada amalga oshirayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi. Chu-nonchi, so‘nggi yillarda respublikada terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish jarayoni konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi, qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Ekstremistik va terroristik harakatlarga adashib kirib qolgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Taraqqiyot dasturi onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi