O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan uyushmaga yangi a’zolarni qabul qilish va eski a’zolarga yangilangan namunadagi guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirish ishlari davom etmoqda.

Ana shunday tadbir Navoiy shahridagi “Kovorking” markazida O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etildi. Unda viloyatdagi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.  

Tadbirni uyushmaning viloyat bo‘limi raisi O.Aslonov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kun jurnalisti oldida turgan dolzarb vazifalar hamda so‘z erkinligini ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar xususida to‘xtaldi. Yosh jurnalistlar tezkorlik va aniqlik talab etilayotgan bugungi davr talabiga mos bo‘lish barobarida sohada katta tajribaga ega ustoz ijodkorlar faoliyatidan, nafaqadagi faxriy jurnalistlar salohiyatidan ham unumli foydalanish zarurligi aytib o‘tildi.  So‘ng, uyushmaga a’zo 15 nafar faxriy jurnalistga yangi guvohnoma hamda ko‘krak nishonlari tantanali ravishda taqdim etildi.

[gallery-182]

– Navoiy viloyatidan 1994 yilgacha 60 nafardan ziyod jurnalist uyushma a’zoligiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘tgan davrda a’zolik masalasi to‘xtab qolgan edi, - deydi faxriy jurnalist Ibrohim Jumayev. – Uyushmaga a’zo bo‘lgan ayrim ustoz ijodkorlar vafot etdi. Yangi a’zolarni qabul qilish ishlari boshlangani, faxriylarga alohida e’tibor qaratilayotganidan mamnunmiz.  

Siroj ASLONOV (surat),  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faxriy jurnalistlarga guvohnoma va ko‘krak nishonlari topshirildi