27-29 noyabr kunlari Rossiyaning Povolje hududi ustida hosil bo‘lgan sovuq va nam havo massasi Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.
27 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi), kechqurun Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
28 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamizning boshqa xududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi), Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxvonlik bo‘lishi mumkin.
27-28 noyabr kunlari respublikamizda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin.
28-29 noyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 darajagacha sovuq, 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati me’yordan 10-12 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.