"Diyego Maradona tibbiy xulosaga ko‘ra o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etdi", deyiladi "TN" telekanali ma’lumotida.
Avvalroq jahon axborot manbalarida Marodona tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kasalxonaga yotqizilgani, keyinchalik miyasidagi xastalik sabab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani ma’lum qilingan edi.
XX asrning eng yaxshi futbolchilardan birining vafoti munosabati Marodonaning ona yurti Argentinada uch kunlik motam e’lon qilindi, deyiladi "Regnum" xabarida.
Chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi o‘yinlari futbolchi xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Mashhur futbolchining o‘limiga birinchilardan bo‘lib "futbol qiroli" Pele o‘z munosabatini bildirdi.
Pele o‘z nutqida Maradonaning sport mahorati braziliyalik futbolchilar uchun alohida maktab ekanligini qayd etdi.
"Bunday do‘stlarni yo‘qotish juda achinarli", deb ta’kidladi Pele.
Afsonaviy futbolchining xotirasi uchun Italiyadagi "Napoli" stadioniga Diyego Maradona nomi berilishi ma’lum qilindi, deyiladi "Gazeta. ru" xabarida.
Otabek Saidahmadov tayyorladi.