“O‘zbekistondagi 10 mingta maktabning 3 mingtasida oshxona yo‘q. Maktabgacha ta’lim muassasasida ishlayotganlarning faqatgina 20 foizigina oliy ma’lumotli. «El-yurt umidi» fondi yetarli darajada moliyalashtirmayapti”, deydi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov.

Alisher Qodirov «Milliy tiklanish» partiyasi o‘zining «Inson o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi» degan g‘oyasidan kelib chiqib, 2021 yilda ayrim masalalarga e’tiborni kuchaytirayotganini ma’lum qildi.

“10 mingta maktabning 3 mingtasida oshxona yo‘q. Borlarida ham, sharoit kutilganidan juda uzoqda. Fransuz pedagogi Guy Jakuin 18 yoshgacha bo‘lgan bola organizmini porox bochkasiga o‘xshatadi: «...uning har bir a’zosida soatbay og‘riqli o‘zgarishlar yuz beradi. Bu juda og‘ir psixo-fiziologik stressni yuzaga keltiradi. Bu jarayonning katta qismi maktabda o‘tadi. Bola bu davrda hayotini izdan chiqarib yuboradigan mantiqsiz qarorlar qabul qilishi shu stressning ta’siridir. Bu stressni samarali oziqlantirish orqali o‘sishga xizmat qildirish kerak», degan xulosani beradi.  

Demak, maktablarimizda mayda huquqbuzarliklardan boshlab, jinoyatgacha yuz berayotganligi oshxonalar bilan bog‘liq.  

Taklif, davlat-xususiy sherikchilik asosida, barcha maktablarda oshxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yish kerak. Kam daromadli ish ekanligidan kelib chiqib maktab oshxonalarini yuritadigan tadbirkorlarga imtiyozlar ko‘zda tutilishi muhim”, deb yozadi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi o‘z rasmiy kanalida. Shu o‘rinda Alisher Qodirov maktabgacha ta’lim muassasalaridagi muammolarni ko‘targan.

«Maktabgacha ta’lim sohasida keng qamrovli qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu juda yaxshi, lekin zamonaviy muassasa bo‘lsa-yu, mazmuni bo‘lmasa maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bugun bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglarning 20 foizga yaqini oliy ma’lumotli, xolos. Ular ham 1 million so‘m atrofida maosh olishmoqda. Muammolarga to‘la tarbiyachini bolaga mehr ko‘rsatishiga ishonish qiyin.  

Bog‘chada bola agressiv munosabat ko‘rdi degani 10-15 yildan keyin jamiyatda agressiv kayfiyat kafolatlanadi deganidir. Prezidentimiz tomonidan bekorga maktabgacha ta’limga jiddiy e’tibor qaratilayotgani yo‘q. Chunki, bu davr poydevor davr. Poydevor mustahkam bo‘lmasa uning ustiga qurilgan bino mustahkam bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim tizimini professional pedagoglar bilan ta’minlash va ularning qadrini ko‘tarish masalasi jiddiy o‘ylanishi kerak», deb yozadi Alisher Qodirov.

Shuningdek, Alisher Qodirov «El-yurt umidi» fondi yetarli darajada moliyalashtirilmayotganini aytmoqda. Bu haqida u o‘zining rasmiy kanalida quyidagilarni bayon qilmoqda.

“Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «El-yurt umidi» fondi mamlakatimizga qisqa muddatlarda saviyali kadrlarni yetkazib berishi kerak. Bu fond yetarli moliyalashtirilmayapti. Misol sifatida Qozog‘istonning «Bo‘lajak” fondini keltirish mumkin. Bu fondning byudjeti 100 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ular bugungacha 16 mingga yaqin sifatli davlat xizmatchisini tayyorladilar.

Mamlakatimizni qudratli bo‘lishi iqtisodiy quvvatimizni oshirish bilan bir qatorda inson kapitaliga tikiladigan sarmoyaning miqdori va sifatiga ham bog‘liq.

Prezident tomonidan deputatlar bilan uchrashuvda bir gap aytilgan edi: “Pulni topamiz. Investitsiyalar jalb qilamiz. Iqtisodimiz albatta rivojlanadi. Lekin mehnatlarni qadrlaydigan avlodni tarbiyalay olmasak, qilgan ishlarimiz behudaga ketadi".

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Maktablarda mayda huquqbuzarliklardan tortib, jinoyatgacha yuz berayotganligi oshxonalar bilan bog‘liq"