Joriy yilda koronavirus pandemiyasi xavfini pasaytirish, xalqimizning bu ofatdan sog‘-omon olib chiqish, talafotlarni imkon qadar kamaytirish borasida davlatimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli 2020 yilgi davlat byudjeti parametrlari ijrosi ta’minlandi.

«2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimoli mavjudligini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgani ahamiyatlidir.

Chunki koronavirus pandemiyasi xavfi hali yo‘qolgani yo‘q. Biz uning har qanday xurujlariga tayyor turishimiz, zarur bo‘lganda aniq chora-tadbirlar ko‘rishimiz lozim.

Shu jihatdan olganda koronavirus pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish, tez aniqlashda viloyat markazlari, tumanlarda jiddiy muammolar mavjudligidan ko‘z yuma olmaymiz. Bu muammo joylarda MRT diagnostika apparatlarining yetishmasligi bilan bog‘liqdir.  

MRT apparatlari xususiy klinikalarda mavjud bo‘lib, unga ko‘rinish uchun aholi katta miqdorda pul sarflashga majbur bo‘lishayapti. Nochor oilalar bor, kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onalar kasallik xavfi sezilganda MRT apparatiga qimmat bo‘lsayam, qarz olib, tushishga majbur bo‘layapti.

Mening taklifim – 2021 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlarini belgilashda davlat byudjeti hisobidan shahar va tuman kasalxonalari MRT apparatlari bilan ta’minlansa, aholi uchun katta qulaylik yaratgan bo‘lamiz. Albatta, bu apparatlar xarid qilinsa, nafaqat koronavirusga, balki kelgusida boshqa ko‘plab kasalliklarga tashxis qo‘yishda ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Mavluda Ibragimova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʼzLiDeP fraksiyasi a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DEPUTAT TAKLIFI: shahar va tuman kasalxonalari MRT apparatlari bilan ta’minlansa...