O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ushbu sohalarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg‘or biotexnologiyalar asosida rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

2020-2024 yillarda biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Biotexnologiyalar sohasida 2020-2024 yillarda bajariladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu.Abduraxmonov) Fanlar akademiyasi (B.S.Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U.Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M.Xadjibayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2021-2024 yillarda biotexnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Vazirlar Mahkamasi huzurida Biologik xavfsizlik kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil qilish;

xavfli biologik omillar ta’siridan aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xavf-xatarlarning oldini olish, biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflarni tayyorlash, ekspert baholash hamda ko‘rib chiqish;

mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarining amalga oshirilishini ta’minlash;

muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni, shu jumladan, omma o‘rtasida muhokama qilish.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Kengash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maslahat organi hisoblanadi va mamlakatning biologik xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi;

Kengash o‘z faoliyatini majlislar shaklida yuritadi. Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

5. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda – Institut) respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin va uning ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

immunobiologik preparatlar (vaksinalar, zardoblar, test-diagnostikumlar va boshqalar) bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularni amaliyotga joriy etish;

mamlakatning biologik xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

vaksina-zardob ishi bo‘yicha infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish;

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida biotexnologiya, immunologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.

7. Quyidagilar:

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini takomillashtirish dasturi 5-ilovaga muvofiq;

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

a) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M.Xadjibayev):

ikki oy muddatda Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi
va 2025 yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlarni Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U.Turdiqulova), Fanlar akademiyasi (B.S.Yuldashev) bilan birgalikda Institutni 2021 yil 1 aprelga qadar yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;

Institut faoliyatini yo‘lga qo‘yish samaradorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvarda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin;

b) Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) (S.X.Kariyev) Institutni zamonaviy laboratoriya uskunalari va jihozlari, orgtexnika, kompyuter hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X.Bekenov), Toshkent shahar hokimligi (J.A.Artikxodjayev), Agentlik (S.X.Kariyev), Fanlar akademiyasi (B.S.Yuldashev) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U.Turdiqulova) ikki oy muddatda Institutni bino va inshootlar bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

g) Vazirlar Mahkamasi (B.A.Musayev, O.M.Umarov) Institut faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishini muvofiqlashtirsin.

9. Belgilansinki:

2021 yil 1 yanvardan boshlab Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;

Agentlik ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib, Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yoki autsorsing hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash orqali Institutning tajriba-ishlab chiqarish bo‘linmalarini (shtat birliklarini) to‘ldirish huquqiga ega.

10. Agentlik, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida:

“Vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasini ishga tushirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda – loyiha) amalga oshirish;

Institut huzurida xavfsizlik darajasi bo‘yicha “BSL-3” xalqaro standartiga mos keluvchi tajriba-sinov laboratoriyasini (keyingi o‘rinlarda – “BSL-3” laboratoriyasi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

Belgilab qo‘yilsinki:

Agentlik loyiha samarali amalga oshirilishi hamda “BSL-3” laboratoriyasi tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

loyihani amalga oshirish va “BSL-3” laboratoriyasini tashkil etishni umumiy muvofiqlashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlik (S.X.Kariyev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A.Vafayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihani amalga oshirish va “BSL-3” laboratoriyasini tashkil etish konsepsiyasi va texnik-iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini, shuningdek, ularni moliyalashtirish manbalarining aniqlashtirilishini ta’minlasin.

11. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar;

Institut faoliyatiga mos yo‘nalishlar bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini bajarish asosida olingan mablag‘lar;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

12. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining:

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida (keyingi o‘rinlarda – Ilg‘or texnologiyalar markazi) Kopengagen universiteti (Daniya) bilan hamkorlikda zamonaviy fudomiks laboratoriyasini, “hujayra texnologiyalari” ilmiy laboratoriyasini hamda biotexnologiya, biologiya, biotibbiyot, kimyo sohalarida yaratiladigan katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha “Big Data” milliy laboratoriyasini;

Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida “fitovirusologiya” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

Ushbu biotexnologik laboratoriyalarni tashkil etishni moliyalashtirish manbalari etib Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) 2021 yil yakuniga qadar ushbu biotexnologik laboratoriyalarning ishga tushirilishini ta’minlasin.

13. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu.Abduraxmonov) 2021-2022 yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagilarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 20 milliard so‘mgacha mablag‘lar ajratsin:

biotexnologiyalar sohasida “startap” loyihalarini amalga oshirish;

50 foizgacha birgalikda moliyalashtirish sharti bilan tajriba-sanoat biotexnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish;

biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy va laboratoriya uskunalarini xarid qilish;

sohaga zamonaviy texnologiya, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni joriy qilish;

yosh mutaxassislarni xorijda ilmiy stajirovkadan o‘tkazish, xorijiy mutaxassis va maslahatchilarni jalb qilish.

14. 2020 yil 1 dekabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

biotexnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi;

kredit summasi 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan biotexnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya beriladi:

milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan ortiq, biroq 5 foizli punktdan oshmagan miqdorda;

xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 30 foizi, biroq 4 foizli punktdan oshmagan miqdorda;

b) biotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga 3 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy ilmiy tashkilotlarga Davlat byudjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 10 milliard so‘mgacha maqsadli grantlar taqdim etiladi.

Bunda:

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun maqsadli grantlar kiritilgan investitsiya mablag‘lari to‘liq o‘zlashtirilganidan so‘ng taqdim etiladi;

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga ilmiy faoliyat sub’ektlari tomonidan olingan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq davlatning ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, boshqa davlat muassasalari nomidan, agar intellektual mulk ob’ektlari mualliflari bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlatga tegishli bo‘ladi.

15. Shunday amaliyot joriy etilsinki, unga ko‘ra:

Ilg‘or texnologiyalar markazi har yili 1 dekabrga qadar Tarif va notarif tartibga solish kengashiga biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, reaktivlar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minotlar uchun undiriladigan bojxona bojlarini kamaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritib boradi;

Tarif va notarif tartibga solish kengashi (S.U.Umurzakov) taqdim etilgan takliflarga asosan bojxona bojlarini kamaytirish masalalarini ko‘rib chiqib, belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qiladi.

16. O‘zbekiston Respublikasi Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokoliga (Monreal, 2000 yil 29 yanvar) qo‘shilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Kartaxen protokoli qoidalarini amalga oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U.Turdiqulova) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar, pestitsidlar, oziq-ovqat qo‘shimchalari va bo‘yoqlar mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududlarda joylashgan laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda o‘z mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, o‘simlikshunoslik uchun xomashyo, omuxta va ekish materiallari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlarning mavjudligini aniqlash uchun laboratoriyalarni (real ehtiyojlardan kelib chiqqan holda) tashkil etish.

17. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya va boshqa tegishli xalqaro standartlarga muvofiq ruxsat berilgan pestitsidlar, zaharli kimyoviy moddalar ro‘yxatini va mineral o‘g‘itlardan foydalanish normalarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;

biotexnologik mahsulotlar iste’moli hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishdan biopreparatlarga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Belgilab qo‘yilsinki, 2021 yil 1 martdan boshlab pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ushbu moddalarning standart namunalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilishini va ushbu standart namunalari bilan birga sotilishini ta’minlaydi.

18. Kengash (A.N.Aripov) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin:

biologik xavflarni monitoring qilish bo‘yicha mustaqil tizimni yaratish;

biologik xavfsizlikni ta’minlashning milliy tizimi doirasida avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy va prognoz-modellashtirish kompleksini yaratish;

ob’ektlar, hududlar va tabiiy hodisalarning biologik xavf-xatar darajasini aniqlash va toifalash bo‘yicha yagona mezonlar va uslubiy bazani ishlab chiqish.

19. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M.Xadjibayev) mas’ul vazirlik
va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar ushbu qaror qoidalarini inobatga olib, quyidagi huquqiy mexanizmlarni nazarda tutgan holda “O‘zbekiston Respublikasi biologik xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishini yakuniga yetkazsin:

gen-muhandislik faoliyati xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, genetik modifikatsiyalangan organizmlar xavfini baholashning milliy tizimini yaratish va uning faoliyat yuritishi;

vujudga kelgan biologik xavf-xatarlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan maqsadli ishlanmalarni tezkor moliyalashtirish.

20. Kengash (A.N.Aripov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorda belgilangan vazifalar va tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan 2021 yil uchun chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va ijrosini tashkil etsin, kelgusida har yilning 1 dekabriga qadar keyingi yil uchun xuddi shunday chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirilishini ta’minlasin.

21. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A.Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K.Kuchimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D.Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror mohiyati va ahamiyati bo‘yicha chiqishlar va tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.

22. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu.Abduraxmonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.K.Yusupaliyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

23. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.Abduraxmonov va sog‘liqni saqlash vaziri A.M.Xadjibayev belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

           Prezidenti                            Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2020 yil 25 noyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida