Bugun, 25 noyabr kuni xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sayxunobod tumani hokimi bo‘lib ishlagan Mirzaqulov Batirjon Kazakbayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich tayinlandi.
Farrux O‘ktamjonov 1985 yilning 19 sentyabrida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.
U shu kungacha viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.