Amerika Qo‘shma Shtatlarining saylangan prezidenti Jo Bayden bugun o‘zining ma’muriyatidagi lavozimlarga nomzodlarni tasdiqladi.

Jangdagi jasoratlari uchun – "Silver Star" mukofotining amerikalik sanoqli g‘oliblaridan biri Jon Kerri AQSHning yangi ma’muriyatida iqlimni muhofaza qilishga kirishadi.

Jo Bayden sobiq davlat kotibini atrof-muhitni nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi. Shu tariqa, Kerri Milliy Xavfsizlik Kengashi a’zoligi bilan ham to‘liq ta’minlanadi.

Saylangan prezident tomonidan tayinlangan lavozimlar bir necha soat oldin e’lon qilindi. Kuzatuvchilar yangi Oq uy atlantizm an’analarini qayta tiklash, ya’ni NATO va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni kuchaytirish niyatida ekanini ta’kidlamoqda.

Entoni Blinken tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari bo‘ladi.

Blinken jurnalist sifatida ish boshlagan. U Garvard, keyinchalik Kolumbiya universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Blinken prezident Obama davrida milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi o‘rinbosari bo‘lgan.  

Qo‘shma Shtatlar tarixida birinchi marta Kubadan kelgan muhojir Alexandro Mallorkas Milliy xavfsizlik kotibligiga ko‘rsatilgan.

Jo Bayden Linda Tomas-Grinfildni BMTdagi doimiy vakili deb e’lon qildi. 51 yoshli Evril Xeyns Milliy razvedka agentligini boshqarishi kerak bo‘ladi. U ham Barak Obama ma’muriyatida ishlagan.

Janet Ellen, Federal zaxira boshlig‘i, G‘aznachilik kotibi lavozimiga ko‘rsatildi. Agar AQSH Senati tomonidan ma’qullansa, u ushbu lavozimga tayinlangan birinchi ayol bo‘ladi.

Behruz Xudoyberdiyev

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning yangi ma’muriyati tarkibi e’lon qilindi