Joriy yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 35 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,1 ming tonna choy import qilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import ulushi qariyb 3 mln. AQSH dollariga kamaygan.
Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
O‘tgan o‘n oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 20,2 ming tonna
Keniya – 2,4 ming tonna
Vetnam – 1,2 ming tonna
Eron – 697,8 tonna
Hindiston – 379,6 tonna
Indoneziya – 356,0 tonna
Shri-Lanka – 324,5 tonna
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.