Kuni kecha “Katta yigirmatalik” guruhiga kiruvchi dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari rahbarlarining ikki kunlik sammiti nihoyasiga yetdi.

Sammit ilk bor pandemiya sharoitida o‘tdi. Shu bois oliy darajadagi uchrashuv rasman Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda tashkil etilgan bo‘lsa-da, amalda videokonferensiya tarzda tashkil etildi. Sammit yakunlari bo‘yicha Ar-Riyod deklaratsiyasi qabul qilindi, raislik Italiyaga o‘tdi.

Yakuniy deklaratsiyada yigirmatalik guruhiga kiruvchi davlatlar  rahbarlari “yangi koronavirus pandemiyasidan keyin dunyoni kuchli, barqaror, muvozanatli va takomillashgan davrga boshlash vazifasini o‘z zimmasiga olishgani qayd etildi.

Ishtirokchilar bundan keyin ham COVID-19 bilan bog‘liq oqibatlarga duch kelgan barcha rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarni sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahd qildi.  

Qolaversa, sammitda Afrika va unchalik katta bo‘lmagan rivojlanayotgan orol davlatlardagi muammolar ham muhokama etildi. Rivojlangan mamlakatlar yetakchilari Afrika qit’asidagi hamda rivojlanayotgan kichik orol mamlakatlariga iqtisodiy ko‘mak berishga va’da berishdi.

Sammitda qashshoq mamlakatlar COVID-19 ga qarshi vaksinalar, dori-darmon va testlar adolat bilan taqsimlanishi jarayonidan chetda qolmasligi uchun yigirmatalik davlatlar yordam berishi zarurligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, deklaratsiyada, “Katta yigirmatalik” qashshoq mamlakatlar qarzlarini to‘lashni to‘xtatib turish bo‘yicha joriy qilingan moratoriyni 2021 yil iyun oyigacha cho‘zish bo‘yicha yakdil fikrga kelishgan.

Sammitda ishtirokchi davlatlar rahbarlarining bayonot berishicha, jahon iqtisodiyoti tiklanishni boshlamoqda, biroq bu jarayon "notekis, anchayin qorong‘i va tushkunlik xavfi yuqori"ligicha qolmoqda.  

Rivojlangan mamlakatlar "insonlar hayoti, ish o‘rinlari va daromadlarini” himoya qilish uchun barcha vositalardan foydalanishga va’da berishdi. Shuningdek, taraqqiyot banklarining inqirozni yengib o‘tishi uchun kambag‘al mamlakatlarga yordam berishni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.  

"Ko‘p tomonlama savdo tizimlarini qo‘llab-quvvatlash har galgidan ham muhim. Biz erkin, adolatli, inklyuziv, kamsitilmagan, shaffof, barqaror savdo va investitsiya muhitini yaratishga hamda chegaralarni ochib qo‘yishga kelishib oldik. Shuningdek, yaxshi biznes-muhit yaratish uchun teng sharoitlarni ta’minlash ustida ishlarni davom ettiramiz", – deyiladi hujjatda.

"Yigirmatalik guruhi” 1999 yildan boshlab dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarini jamlagan norasmiy birlashma hisblanadi. Ushbu guruhga 19 ta (Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, JAR, Janubiy Koreya va  Yaponiya) hamda Yevroittifoq davlatlari a’zo hisoblanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta yigirmatalik”: pandemiya sharoitida o‘tgan ilk sammitda nimalar muhokama qilindi?