– Ikki kundan keyin to‘yga borishim kerak. Qanday kiyim olsam ekan. Yaxshiyam-ki, bozorlar ochildi. Yo‘qsa, qayerdan yangi kiyim sotib olaman ekan, deb o‘ylab yurgandim, – dedi hamkasblarimdan biri.

– Xohlaysizmi, sizni ham qizlar bazmiga olib boraman. Bilsangiz, agar tumanimizning eng obro‘li tadbirkorlaridan biri to‘y qilyapti. Borsangiz, afsuslanmaysiz.

– Ha yo‘g‘-ye. Tanimagan-bilmagan odamimning to‘yida nima bor menga?! Bu yog‘i karantin bo‘lsa.

– Voy, bu nima deganingiz, karantin tugaganidan xabaringiz yo‘qmi, deyman. Hamma orzu-havas bilan «qasara-qurs» to‘y qilyapti. Shu desangiz, to‘y boshlagan tanishim roppa-rosa 25 kun to‘y berar ekan. Birinchi o‘n kunligida chaqirsang, eng katta to‘yonani men beraman, dedim. Qalay, zo‘r aytibmanmi? Hamma ham eng birinchi obro‘-e’tiborli, o‘ziga to‘q kishilarni saralab chaqiradi. Undan keyin qolganlar kelaveradi. Aslida 30 kishilik to‘yga ruxsat berilgan. Shu hisobda 30 kishilik to‘y vaqti bir oygacha cho‘zilishi mumkin. Kattaroq joyda ishlaydiganlarning tanishlari ham kattalar bo‘ladi-da. Buning ustiga, to‘y boshlab qo‘ygan tanishimning oshna-og‘aynisi, urug‘-aymog‘i juda-juda ko‘p. Ularni, bo‘lib-bo‘lib chaqiradi. Tanishimning aytishiga qaraganda, to‘y kuni 25 kungacha cho‘zilarkan. To‘yga chaqirmay desa, uyat bo‘ladi. Har qalay, vaqtida ular ham to‘ylarga borib, to‘yona berishgan. Endi o‘shani qaytarib olishi kerak-ku!

Ana sizga mulohaza, mana sizga dunyoqarash. Shunaqasi ham bo‘larkan. 25 kun kimga to‘y beradi. Karantin hali tugagani yo‘q, faqatgina cheklovlari biroz yumshatildi, xolos. Yaqin 25 yil ichida 25 kun to‘y berishganini hech qachon eshitganim yo‘q. Ko‘p bo‘lsa, uch kun to‘y berishgan. O‘zi hamyurtlarimizga nima bo‘lyapti?  

Karantin vaqtida 25 kun to‘y berish. Bu yangi odatmi?! Nahotki, shunday sinovli kunlarda o‘zining «Ma’naviyati» qay darajada ekanligini ko‘rsatib tursa. Bergan to‘yonasini yig‘ib olish uchun 25 kun to‘y bersa. Axir, buncha kun mobaynida qozon qaynatish uchun yig‘ib olinadigan to‘yonadan ko‘proq sarf-xarajat bo‘lmaydimi?!  

Boz ustiga, sog‘ligimizga xavf solib turgan koronavirus pandemiyasi vaqtida tinimsiz mehmon chaqirish qay darajada to‘g‘ri?! Sinovli kunda orzu-havasimizni bir chetga surib, sog‘ligimiz haqida o‘ylash vaqti kelmadimikan?

– bugungi sinovli kunlar kimlar uchundir foydali, kimlar uchundir zarar bo‘lmoqda, – deydi hamkasblarimdan biri. – Aslida bechora dehqonlar o‘zlari mehnat qilib yetishtirgan mahsulotlarni vaqtida sotolmagani bir jabr bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha dehqonlarning oliygohda tahsil olish uchun kontrakt pulini to‘lolmayotgani ikkinchi jabr. Farzandimning shartnoma pulini to‘layman deb yerga urug‘ qadagan dehqonning peshonasidan chiqqan qora terga achinasiz. Ularning qilgan mehnatini qo‘ying, ekkan mahsulotining urug‘i uchun sarflagan pulini ham chiqarolmadi.  

Endi shofyorlar haqida aytadigan bo‘lsa, ularning oshig‘i olchi bo‘ldi. Bir qadam yo‘lga ham 3-4 mingdan olishdi. Bir mahalladan ikkinchi mahallaga borishni, qo‘yavering. Umuman, insofni unutib qo‘yishgan. Bir oy ishlab olgan 600 yuz ming maoshim yo‘l kiraga ham yetmaydi.  

«Qorni och bilan qorni to‘qning ishi yo‘q» deganlaridek, qo‘ying, maoshi ko‘plar orzu havasini qilaversin. To‘ymi, tug‘ilgan kunmi, barini orzusidek amalga oshirsin... Obro‘yi tushib qolmasligi uchun 25 kun to‘y bersin... Bizga o‘xshab maoshi yo‘l kiradan ortmaydiganlar orzu havas ham qilmaymiz. Hamisha hukumatning qarorlariga va karantin qoidalariga amal qilamiz.

To‘g‘ri, hammaning ham o‘ziga yarasha orzu-havasi bor. Bir umr to‘y qilay, xalqqa osh beray, deb tinimsiz mehnat qiladi. Farzandlarimni bekami-ko‘st ulg‘aytiray, ularning orzu-havasini ko‘ray deb ishlaydi. Ammo, o‘sha orzu-havasning ham chegarasi, o‘rni bor.

Nigina SHOEVA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ttiz kishilik to‘y qilayotganlar 25 kun to‘y berishyapti...(mi?)