O‘zbekiston va AQSH – strategik sheriklar Vashingtonda yillik maslahatlashuv o‘tkazar ekan, «Amerika Ovozi» Vashingtonning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh rasmiysini suhbatga tortdi.

Jonatan Henik Davlat departamentida region bilan aloqalarga, xususan O‘zbekiston bilan hamkorlikka bosh-qosh.

Navbahor Imomova, «Amerika Ovozi»:

– Janob Henik, biz bilan muloqot qilayotganingiz uchun tashakkur.

Ikki tomonlama yillik maslahatlashuv - muhim yig‘in, lekin nega aynan hozir o‘tkazildi?ʼ Tramp ma’muriyatining muddati tugab, Amerika yanvar oyida yangi prezident inauguratsiyasiga hozirlanayotgan bir paytda?

Jonatan Henik, AQSH Davlat departamenti:

– Aslida bilasizmi, ikki tomonlama yillik maslahatlashuv o‘tgan mart oyida o‘tishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab kechikdi. Pandemiya davom etgani uchun ancha kutdik. Biroq bu aloqalarda muhim rol o‘ynaydigan tadbir. Shu bois Vashingtonda shu kunlarda o‘tkazishga qaror qildik. Mamnunmiz.

Navbahor Imomova:

– Rahbariyat yangilanayotganida odatda o‘zgarish va davomiylik tushunchalariga e’tibor oshadi. O‘zbekistonga nisbatan, masalan, nima o‘zgarishi mumkin? Xalqaro hamjamiyat va xususan O‘zbekiston xalqi Amerikada ma’muriyat o‘zgarishidan qanday burilishlar kutishi mumkin? Nima o‘zidek qoladi, nima yangilanadi?

Jonatan Henik:

– Men hozir sizga yangi ma’muriyat uni yoki buni qiladi deb aniq aytolmayman. Lekin Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyamiz uzoq muddatni ko‘zlovchi, ancha yillardan beri ham demokratlar, ham respublikachi rahbariyatlar tomonidan mustahkamlangan siyosatni aks ettiradi. U davomiylikka asoslangan. Kongress a’zolari bilan birgalikda har ikki partiya a’zolari quvvatlagan holda qabul qilingan strategiya bu. Shuning uchun men ishonib ayta olamanki, ma’muriyat o‘zgarishi bilan O‘zbekistonga va umuman, Markaziy Osiyoga nisbatan yondashuv o‘zgarmaydi. Aniq maqsadlarimiz yo‘lida davom etaveramiz.

Navbahor Imomova:

– Ikki tomonlama yillik maslahatlashuv qanday kechadi odatda? Ular yo‘lga qo‘yilganiga 10 yildan oshdi. Bu bir kunlik tadbir, shundaymi? Kimlar qatnashadi, aynan qay sohalar muhokama qilinadi?

Jonatan Henik:

– Ha, ikki tomonlama yillik maslahatlashuv bir kun vaqt oladi. Bir necha qismdan iborat. Siyosiy hamkorlik muhokama qilinadi. Yana bir sessiyada esa iqtisodiy hamkorlik. Yana birida xavfsizlik va boshqasida inson manfaatlari bilan bog‘liq masalalar. Ikki davlat orasidagi barcha yo‘nalishlar birma-bir ko‘rib chiqiladi. Har ikki davlatdan yuqori darajali rasmiylar, xususan vazirlar va ma’muriyat a’zolari qatnashadi. Bu yil bilasiz, O‘zbekistondan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida delegatsiya keldi. Biz tomondan esa maslahatlashuvga Janubiy va Markaziy Osiyo byurosi rahbari Din Tompson yetakchilik qildi va albatta, hukumatimizning boshqa yuqori lavozimli a’zolari ishtirok etdi.

Navbahor Imomova:

– Nohukumat tashkilotlar va xususiy sektordan ham vakillar qatnashadimi?  

Jonatan Henik:

– Ikki tomonlama yillik maslahatlashuv odatda hukumatlararo majlis. Lekin biz Toshkentga borganimizda, yo O‘zbekiston tomon Vashingtonga kelganida, maslahatlashuv bahona boshqa tegishli taraflar bilan muloqot qilamiz. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va u bilan kelgan mehmonlar Kongress, vazirliklarimiz va Amerika kompaniyalarida uchrashuvlar o‘tkazdi. Biz ham Markaziy Osiyoga borganimizda, shunday. Fuqaro jamiyati bilan gaplashamiz. Turli sohalarning vakillari bilan suhbatlashamiz. Chunki bunday muloqotlar aloqalarimizni mustahkamlash uchun nihoyatda muhim.

Navbahor Imomova:

– O‘zbekiston tomonning aytishicha, ular uchun muhokamadagi har bir masala dolzarb. Ular sizning strategiya va prioritetlar bilan tanish, albatta. Lekin hozir Afg‘oniston birlamchi mavzu, shunday emasmi?  

Jonatan Henik:

– Afg‘onistondagi vaziyat, shubhasiz, dolzarb. Lekin dolzarblikda yagona emas. Biz mintaqaga nisbatan strategiyamizda ham aniq belgilaganmiz, Markaziy Osiyodagi manfaatlarimiz birlamchi va ular faqat Afg‘oniston bilan bog‘liq emas. Afg‘onistondagi holat O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga bevosita ta’sir qiladi. Afg‘onistonda tinchlikka erisha olsak, bu mamlakat barqarorlashsa, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning o‘zi ulkan foyda ko‘radi. Iqtisodiy imkoniyatlar ochiladi. Shunday ekan, bu masalalar muhokamada. Biz tinchlik zarurati yuzasidan hamfikrmiz. Tinchlik muzokaralari borasida yakdilmiz. Farovon kelajak uchun Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘lanishi kerakligini birdek tushunamiz va tan olamiz.

Navbahor Imomova:

– Yaqinda Atlantika kengashida O‘zbekiston senatori Sodiq Safoyev bilan davra suhbatida, ikkalangiz ko‘p jihatdan o‘xshash xulosada ekaningizga guvoh bo‘ldik. O‘zbekiston ma’muriyati o‘z yutuqlarini qanday sarhisob qilayotgan bo‘lsa, siz ham bu xulosalarga qo‘shildingiz. Yo orada biror farq bormi? O‘zbekiston hukumati o‘z ishlarini qanday baholayotgani va siz ularga qanday qarashingiz orasida?  

Jonatan Henik:

– Katta farq yo‘q deb o‘ylayman. Biz O‘zbekistonda o‘tgan yillarda muhim yangiliklar yuz berdi deb hisoblaymiz. Xususan, siyosiy mahbuslarning ozod etilishi, diniy tashkilotlarning registratsiya qilinishi, jumladan, cherkovlarning, shuningdek, e’tiqod bilan bog‘liq qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi, majburiy mehnatga qarshi kurash. Axborot maydonida va matbuot erkinligi bilan bog‘liq ijobiy o‘zgarishlarni ham kuzatdik. Shu bilan birga, bizning nazarimizda, hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Buni O‘zbekiston hukumati tan oladi va bizning xulosalarimizga qo‘shiladi. Nimaga qancha vaqt ichida erishish mumkinligi yuzasidan farqli fikrda bo‘lishimiz mumkin. O‘zbekiston qay sohada dadilroq qadam tashlashi mumkinligi va nimalarni yuqori o‘ringa qo‘yishi lozimligi borasida, masalan.  

Navbahor Imomova:

– Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistondagi jarayonlarga nisbatan, Amerika qanchalik sabr bilan yondasha olishi mumkinligi haqida gap ketganida hukumatda hali ham shu tushuncha bormi? «Strategik toqat». Biror masala yechimi, biror yo‘nalishda progress bo‘lishi uchun vaqt berasizmi? Masalan, huquq bilan bog‘liq muammolarda?

Jonatan Henik:

– Men o‘zim bu jumlani qo‘llamayman. Lekin, masalan, iqtisodiy islohotlarga qarasak, O‘zbekiston xorijiy sarmoyani jalb qilishni o‘zi uchun eng muhim vazifalardan biri deb belgilagan. Biz buni olqishlaymiz, ammo buning uchun qattiq ishlash zarur. Intellektual mulk himoyasi, mustaqil adliya, sarmoyadorlarning huquqlari himoyasi, biznes va qo‘shma korxonalar ochishni yengillashtirish... Muhitni yaxshilash vaqt olishi aniq. Buni tushunamiz, biroq harakatni bo‘shashtirmaslikka undaymiz.

Inson huquqlari va siyosiy islohotlarga kelganda ham shu. Biz O‘zbekiston hukumatiga, hamkorlarimizga tushuntirganmiz: bu islohotlar O‘zbekiston siyosiy barqarorligi uchun zarur. Ham jadal, ham effektiv harakat qilmoq lozim. Prioritetlar yuzasidan fikrimiz turlicha bo‘lishi mumkin. Islohotlar sur’ati yuzasidan turlicha qarashdadirmiz, ammo bir narsa aniq: O‘zbekiston fuqarolari erkinlik istaydi. Fikr erkinligi, so‘z erkinligi, siyosiy rahbarlarni tanlash erkinligi, hukumat xalq oldida javobgar bo‘lishini istaydi, mas’uliyatli rahbarlarni istaydi. Fuqaro buni hozir istaydi, uzoq kutishni xohlamaydi. Tizim shunga qarab harakat qilishini xohlaydi.

Navbahor Imomova:

– Biz AQSH-O‘zbekiston aloqalarini yoritar ekanmiz, janob Henik, muxlislarimiz o‘z fikrlarini bildirishadi. O‘zbekistondan yoziladigan mulohazalarda ayniqsa odamlar rasmiy uchrashuv va muloqotlarga umid bilan qaramaydi. Amerika bizning real hayotimiz, biz yuzlashayotgan muammolar haqida nima ham bilar edi, deyishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda, masalan, so‘rashyapti: «Amerikaga bizning turmushimiz, real O‘zbekiston qanchalik muhim»?

Jonatan Henik:

– O‘zbekiston mustaqil respublika sifatida rivojlanar ekan, hamyurtlarimiz uni o‘rgana boshlashdi. Qadim ipak yo‘llaridagi shaharlari, ajoyib madaniyati, milliy taomlari, madaniy merosi, turistik potensiali... O‘zbekiston haqida ko‘proq bilishni istagan, unga qiziqqan amerikaliklarni har kuni uchrataman. O‘zbekistonga borib kelganlar ko‘paygan yoki u yerga oshiqayotgan amerikaliklar.

Biroq, siz so‘rayotganingizdek, O‘zbekiston ahlining kundalik muammolari naqadar og‘ir ekanini to‘liq bilamiz va tushunamiz, deyolmayman. Ikki davlat orasidagi hamkorlik bu mashaqqatlarga barham beradi, deya va’da ham bermaymiz.

Pirovardida bu masalalar yechimi O‘zbekiston xalqi va O‘zbekiston hukumati zimmasida. Biz O‘zbekistonga kuchli sherik va hamkor bo‘la olamiz. Masalan, koronavirus pandemiyasi davrida qo‘ldan kelgancha yordam berdik. Insonparvarlik ko‘magi ko‘rsatdik. Taraqqiyot yo‘lida ko‘proq mablag‘ ajratayapmiz. Sog‘liqni saqlash tizimi uchun o‘tgan 20 yil bilan qiyoslaganda, yordamni ikki karra oshirdik. Bilamizki, Amerika xalqi singari bu virusdan O‘zbekistonda ham odamlar qiynalmoqda.

Oramizdagi rishtalar O‘zbekistondagi tub muammolarni bevosita yengadi, deb hech qachon da’vo qilmaymiz. Lekin uzoq muddatda AQSH bilan hamkorlik chuqurlashib, kengaygani sari O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy ravnaqi uchun hissa qo‘shishimizga, unga madad ko‘rsatishimizga ishonamiz.

Navbahor Imomova:

– O‘tgan yillar ichida Prezident Mirziyoyevga nisbatan berilgan ta’riflarga qarasak, Vashington, masalan, uni islohotlarga moyil lider deganini eshitdik. Shuningdek, Amerika Shavkat Mirziyoyevni islohotchi rahbar deb ataganiga guvoh bo‘ldik. Siz yaqinda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi dinamikani yangilashda «instrumental», ya’ni hal qiluvchi rol o‘ynagan prezident, dedingiz. Aslida demokratik yoki demokratiyaga moyil deya baholanish uchun nima qilmoq zarur?

Jonatan Henik:

– Prezident Shavkat Mirziyoyev, ayniqsa o‘tgan ikki yil mobaynida qilingan islohotlar uchun yuksak e’tirofga munosib. Yuqorida qayd etganimdek, qator jabhalarda ulkan progressga guvoh bo‘ldik. Lekin hali yana ko‘p qadamlar tashlanishi kerak. Bizning nazarimizda, O‘zbekiston haqiqatan demokratik yo‘lga tushgani va qaytmoqchi emasligiga ishonch hosil qilish uchun parlament, qonunchilik organi, kuchayishi zarur.  

Bu organ qudratli nazorat tizimi bo‘lishi kerak. Siyosiy partiyalar taraqqiy etishi kerak. Ularning ro‘yxatga olinishi, erkin faoliyat yuritishi uchun zamin hozirlanishi kerak. Siyosatga kiraman degan fuqarolar uchun yo‘l ochilishi kerak. O‘zbekiston fuqarolari saylovga chiqqanida, davlatni kimga topshirishni tanlay olishlari kerak. Amerika va boshqa demokratik jamiyatlarning a’zolari singari ular ham bu erkinlikdan bahramand bo‘lishi lozim. Bunga bir pasda erishilmaydi. Tan olamiz va tushunamiz. O‘zbekistonga bu borada yordamlashamiz va mana shunday progress sari quvvatlayveramiz.

Navbahor Imomova:

– Suhbat uchun katta rahmat!

Navbahor IMOMOVA, «Amerika ovozi» – O‘zA hamkori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonatan Henik: " Biz O‘zbekistonga kuchli sherik va hamkor bo‘la olamiz"