Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar.

Tog‘li Қорабоғda to‘liq sulh 2020 yil 10 noyabr kuni Moskva vaqti bilan 00:00 da boshlandi.  

Muzokaralarda Vladimir Putin  Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi inqirozni arman va ozarbayjon xalqlari manfaatlari yo‘lida hal qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishidan har tomonlama manfaatdor ekanligini qayd etdi.  

Rossiya prezidentining Kreml veb-saytida e’lon qilgan bayonotida, kelishuvda urush natijasida uy-joyini tashlab ketgan qochqinlarni Tog‘li Qorabog‘ hududiga va unga qo‘shni hududlarga BMT Oliy Komissarligi nazorati ostida qaytarish, shuningdek, harbiy asirlarni va vafot etganlar jasadlarini almashish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, mintaqada barcha iqtisodiy aloqalar va transport yo‘nalishlari  yopiladi va transport kommunikatsiyalari ustidan nazorat Rossiya chegara xizmati ma’murlari yordamida amalga oshiriladi.

Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti Tog‘li Qorabog‘dagi aloqa liniyasi bo‘ylab va mintaqani Armaniston bilan bog‘laydigan yo‘lak bo‘ylab joylashtirilishini ta’kidladi.

Barchamizga ma’lumki, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar 27 sentyabr kuni boshlanib, tomonlarni yarashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlar samarasiz bo‘lib kelayotgandi.

Rossiya prezidenti Putin o‘z chiqishlaridan birida "Ushbu mojaroda mintaqada yashovchi barcha odamlarga mos keladigan natijaga erishish kerak.  Bundan keyin ham Rossiya Janubiy Kavkazdagi va o‘ziga chegaradosh bo‘lgan boshqa hududlardagi, har qanday mojarolarni imkon qadar tezroq tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi", deb fikr bildirgan.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Putinning aralashuvi bilan Tog‘li Qorabog‘da urush to‘xtatildi