Prezident farmoni bilan markazga direktor tayinlandi
Obid Arzikulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori etib tayinlandi.
Obid Arzikulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda markazning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.
Belgilanganki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari hamda bir vaqtning o‘zida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori hisoblanadi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O.Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish sho‘basi mudiri lavozimida ishlagan.
Obid Arzikulovich Xakimov 1977 yil Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan.
1998 yil Toshkent moliya institutining “Korxonalar moliyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.
2000 yil Vanderbilt universitetini tugatgan (Vanderbilt University), AQSh.
2006 yil Midl Tennessi Davlat universitetini tugatgan (Middle Tennessee State University), AQSh.
2009 yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida, TXVU (Westminster International University in Tashkent, WIUT) o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan.
2010 yildan 2012 yilga qadar Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektori bo‘lib ishlagan.
2012 yildan 2016 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori bo‘lib ishlagan.
2017 yildan 2018 yilga qadar Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati sho‘basi mudiri bo‘lib ishlagan.
2018 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish sho‘basi mudiri bo‘lib ishlagan.
Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
Ingliz va rus tillarini biladi.