Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Sudyalar oliy kengashining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shoʻbasidan maʼlum qilishlaricha, 2 nafar nomzod sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, 7 nafar nomzod sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddati davriga hamda 11 nafar amaldagi sudya sudyalik vakolati muddati davriga qayta tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonunlarning tegishli moddalariga asosan Sudyalar oliy kengashining 2020-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan quyidagilar:
Muqaddamxon Numanjanovna Ahmadaliyeva - sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Alisher Abdurashidovich Abdurahmonov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga Andijon viloyati Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Nurbek Qobuljonovich Xoʻjaqulov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga fuqarolik ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati Koson tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Olim Avloqulovich Togʻayev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Sherobod tumani sudining raisi lavozimiga;
Temur Xalmamatovich Hasanov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yunusobod tumani sudining sudyasi lavozimiga;
Oʻtkir Mashrabovich Ismailov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati Qoʻqon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Sherzod Nurullayevich Sherqulov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, Jizzax viloyati maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
Elbekjon Odiljonovich Turgʻunboyev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining 2020-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan quyidagilar:
Bekzod Olimovich Kazakov - sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax viloyati Doʻstlik tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Jamshid Shavkatovich Fayzullayev - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga, fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand viloyati Jomboy tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Zufar Ziyodilloyevich Narziyev - sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Ikromjon Shaydullayevich Shaymanov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga, jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Termiz shahar sudining raisi lavozimiga;
Jahongir Jamolovich Saidov sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Luiza Irshatovna Xalitova - sudyalik vakolati muddati davriga fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Nodirbek Rahmon oʻgʻli Sangirov - sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Ulugʻbek Risbayevich Qurbanov - sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Ulugʻbek Saydirasulovich Ochilov - sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudining sudyasi lavozimiga;
Elza Rifovna Shamsutdinova - sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Erkin Abdugʻafforovich Umurzoqov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga, fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax viloyati Forish tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi.
OʻzA