Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 yanvarda birja savdolariga qo‘yilgan 1084 tonna shakarning, atigi 134 tonnasi sotilgan. Uni ham bo‘lsa, ishlab chiqarish korxonalari xarid qilgan.

– Bunga birinchi sabab narx bo‘lsa kerak, – deydi Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Islom Ibrogimov. –Hozirda bozorda bir kilogramm shakar 5300-5400 atrofida ulgurji sotilmoqda. Bizda qo‘yilayotgan boshlang‘ich narx 5350 so‘mni tashkil qilmoqda. Unga transport xarajatlari qo‘shilsa, narx yana o‘zgaradi.

Yurtimizda shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar Xorazm va Angrenda joylashgan bo‘lib, Angrendagi zavod xaridorlari asosan vodiydan keladi. Ular Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahriga ham yetkazib beradi.

Balki, shakar savdosining yurishmasligiga import bo‘lib kelayotgan mahsulot sabab bo‘layotgandir. Axir, Rossiyada bu yil lavlagi hosili yaxshi bo‘lgani evaziga shakar mo‘l bo‘lib, Qozog‘istondagi shakar ishlab chiqaruvchilarni shoshirib qo‘ygani haqida xabarlar mavjud. Sababi Qozog‘istondagi yirik shakar zavodlari Rossiyaga eksport bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari Ukraina va Belarus ham. Bizni shakar ham ulardan kam emas.

Eng qizig‘i, birja orqali 2019 yilning oxirigacha 4500-4950 gacha sotilgan shakar narxi 1 yanvardan 5350 bo‘lib qolgani. Agarda 4-5 ming atrofida baholansa talabgorlar ko‘p bo‘lishi, shubhasiz. Axir, 350 so‘m ham ko‘p pulga aylanadi ayniqsa, gap tonnalar haqida ketganda. Hozirda bu narxni arzonlashtirish ehtimoli bor-yo‘qligi bilan qiziqdik.

– Sotuvchi bozor prinsiplari va talablari asosida baho belgilaydi, – deydi I.Ibrogimov. – Mahsulotini qimmat qilib, omborlarda ushlab o‘tirishdan foyda yo‘q. Yana bir gap. Hozirga qadar ishlab chiqarilgan shakarning cheklangan ma’lum qismi (ishlab chiqarish hajmining 12,5 – 13,5 foizi) ochiq birja savdolarida realizatsiya qilingan bo‘lsa, qolgan qismi dillerlik tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgan. 1 yanvardan esa shakar birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotilmoqda. Bundan esa ko‘pchilik tadbirkorlar bexabar bo‘lsa kerak. Shuni hisobga olib, shakar sotib olmoqchi bo‘lgan barcha ulgurji iste’molchilar va tadbirkorlarga 13 ta mintaqaviy bo‘linma va 300 tadan ortiq savdo maydonchalarimiz orqali bog‘lanmoqdamiz.

Shu o‘rinda 2019 yil yanvar-oktabr davrida ham shakar bir maromda sotilmaganini kuzatish mumkin. Eng ko‘p hajmlarda fevral (8,8 ming tonna) va iyun (5,2 ming tonna) oylarida sotilgan bo‘lsa, eng kam hajmda yanvarda (1,6 ming tonna) va martda (3,6 ming tonna) sotilgan. Shakarning savdolarga qo‘yilish va sotilish hajmlari may oyidan boshlab barqarorlashgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shakar savdosi nega yurishmayapti?