Jinoyatchi ayollarni oqlash qanchalik mushkul boʻlsa, ularning kechmishini his etish undan ogʻirroq...

Hayot charxpalagi shundayki, u aylanib borarkan, bir-biriga aslan yaqin nuqtalarni tutashtirib boraveradi.

Sud zalidan oʻrin olib, panjara ortida oʻtirgan ayollarga qarab shu fikr hayolimdan oʻtdi. Chunki ularni nafs yoʻlidagi qora qilmishlari bir joyga jamlagan edi.

Ularning jinoyat tarixiga nazar solamiz: barchasi narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullanganda qoʻlga tushgan. Har biri turli yillarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida jazoni ijro etish muassasalarida ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan oʻn nafar mahkuma ayollarning nazorat tartibida bergan shikoyatlari koʻrib chiqildi.

Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtgan ochiq sud majlisida Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Ortiqova, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Elmira Bositxonova hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sudda ishi koʻrib chiqilayotgan ayollar birma-bir sud oldida javob berar ekan, ularga nega bu ishga qoʻl urgansiz, bu ishning oqibatini bilmasmidingiz, bolalaringizni oʻylamadingizmi, kabi ogʻriqli savollar berilar, bunga javoban esa ular afsus-nadomatlari, tutqinlikda kechgan azobli yillari armonini koʻzda yosh ila ifoda etar, “endi bunday qilmayman”, degan iqror bilan javob qaytarardi.

Mahkumalarning koʻpi oʻn yildan ortiq muddatlarda ozodlikdan mahrum etilgan. Bu aytishga oson, ammo bu yillarning har bir kuni balki ming yillarga tatigandir? Axir bular bolasidan yillab ayro tushgan onalar. Jinoyatchi ayollarni oqlash qanchalik mushkul boʻlsa, kechmishini his etish undan ogʻirroq...

Jazo tayinlashdan maqsad – jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash, shaxsni qilmishidan pushaymon boʻlib, bu qilmishni qayta takrorlamasligiga erishish hisoblanadi.

Shu nuqtayi nazardan jamiyatimizda adashgan, xato qilgan xotin-qizlarni kechirish, oilasiga qaytarishga eʼtibor qaratilmoqda. Ularning qayta jinoyatga qoʻl urmasligi uchun barcha choralar ishga solinmoqda.

2019-yilda 210 nafar ayolga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan boʻlsa, 467 nafar jazoni oʻtayotgan ayollarga tayinlangan jazosi yengilrogʻi bilan almashtirildi. 2 ming 470 nafar ayol esa jazodan shartli ozod qilindi.

Sudda ishi koʻrib chiqilgan Nigora Barlibayeva 2013-yilda geroin giyohvandlik vositasini sotgan vaqtda ushlangan va 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Toʻrt nafar farzandi boʻlgan bu ayolning 7,5 yilga yaqin umri panjara ortida oʻtdi.

Ona mehriga suyanib qolgan, hali voyaga ham yetmagan bolalarning holini tasavvur qilish qiyin emas. Ammo bolalaridan xavotir olsa-yu, ularning oldiga bora olmagan onaning holini tasavvur qilib boʻlmaydi. Axir onaga bundan ogʻir azob yoʻq va buni har bir ona buni oʻzida har xil tusda kechiradi.

N.Barlibayeva tayinlangan jazoning yarmidan koʻpini oʻtab boʻlgani, chin dildan pushaymon ekani, qolaversa farzandlarini oʻylab unga tayinlangan jazo yengilrogʻiga almashtirildi. Ayol sud zalidan ozod qilindi.

Shu tariqa oʻn nafar mahkumaning ishi koʻrib chiqildi. Barchasiga tayinlangan jazolar yetarli asoslar keltirilgan holda yengilrogʻiga almashtirilishi hisobiga ular ozodlikka chiqdi.

Sud zali oilasiga, farzandlari bagʻriga qaytayotgan ayollarning quvonchli koʻz yoshlariga choʻmay dedi.

Erkin va halol yashashning qiymati mana shunday lahzalarda yaqqol seziladi. Ularning endi halol yashayman, degan iqrorlarining boisi ham shunda.

Bu tadbirning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgani oʻziga xos ramziylik kasb etdi. Ozod etilganlar kim boʻlishidan qatʼiy nazar, avvalo, ayol, ona boʻlgani uchun ham tadbir bayramona ruhda yakunlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolasidan yillab ayro tushgan onalar