Ba’zi insonlar ortlaridan shunday yorqin iz qoldiradiki, boshqalar ham beixtiyor ular kabi bo‘lishga, ko‘p ishlarda ulardan o‘rnak olishga intiladi. Ana shunday insonlardan biri O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston Respublikasi kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, birinchi o‘zbek ayol kompozitorlaridan bo‘lgan iste’dodli Zumrad To‘ychiyevadir.

Zumrad To‘ychiyeva ijodi to‘g‘risida kitoblar yozish, esdaliklar yaratish va ilmiy tadqiqotlar olib borish mumkin. Uning sermazmun ijodi ko‘plab musiqiy janrlarni qamrab olgan bo‘lib, bolalar uchun qo‘shiqlar, romanslar, solistlar hamda xalq va simfonik orkestr jo‘rligida qo‘shiqlar, kantata, uvertyura, simfoniya, syuita, torli cholg‘ular uchun kvartet, fortepiano uchun pesalar kabi ko‘plab asarlarda o‘z aksini topgan.

Zumrad To‘ychiyeva 1944 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida ilmli, ma’rifatli oilada dunyoga kelgan. Juda qiziquvchan qizaloq Zumrad musiqaga mehr qo‘yib ulg‘ayar edi. Otasi Shoumarov To‘ychi va onasi Shoumarova Nazmixon qizaloqda musiqa san’atiga qiziqish va musiqiy qobiliyati boriligini sezib, uni Reyngold Glier nomidagi maxsus musiqa maktabiga o‘qishga beradi.

Zumrad, o‘zbek xalq cholg‘ulari bo‘limining qashqar-rubob sinfida mashhur pedagog Bo‘rivoy Mirzaahmedov rahbarligida tahsil oldi.  Ijrochilik mahoratini o‘rganishdan tashqari, u yangi ochilgan kompozitsiya sinfida Toshkent davlat konservatoriyasi professori Boris Isaakovich Zeydman rahbarligida musiqiy kompozitsiyani ham o‘rgandi. 1961 yilda Zumrad musiqa maktabini a’lo baholar bilan tamomladi.

1961-1966 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida o‘qidi, 1966-1970 yillarda TDK qoshidagi aspiranturada professor B.I.Zeydman sinfida o‘qishni davom ettirib, muvaffaqiyatli bitirdi. O‘qish davrida bastakorlik mahorat sirlarini mukammal o‘rgangan Z.To‘ychiyeva bitiruv arafasida Erkin Vohidovning “Nido“ dostoniga yozilgan vokal-simfonik turkumni musiqa jamoatchiligi e’tiboriga taqdim etdi. Bu asar birinchi o‘zbek ayol bastakori qalamiga mansub edi. Asar bastakorlar uyushmasining ikkinchi plenumida ijro etildi, kompozitor va musiqashunoslar tomonidan munosib baholandi. Plenumda ishtirok etgan mashhur kompozitor Aram Xachaturyan asar haqida o‘z fikrlarini bildirib, muallifning keng dunyoqarashi, musiqiy tilining ravonligi hamda zamonaviy va milliy uslublarni mahorat bilan uyg‘unlashtirganini alohida ta’kidladi.

O‘qituvchilik faoliyatini Zumrad To‘ychiyeva 1970 yildan boshladi. Toshkent davlat konservatoriyasi “Nazariya“ kafedrasi o‘qituvchisi, 1974 yildan 2001 yilgacha o‘sha davrda yangi ochilgan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida “Musiqa nazariyasi va tarixi“ kafedrasining mudirasi bo‘lib, uni munosib ravishda boshqardi hamda 1975-1980 yillarda institut kengashining ilmiy kotibi sifatida faoliyat yuritdi. Yillar davomida institut va kafedra Zumradning ikkinchi uyiga aylandi. U musiqa nazariyasi, garmoniya va solfedjio fanlari bo‘yicha yuzlab talabalarni tarbiyalab, ularga bilim berdi, ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalar yozdi. 1991 yilda u dotsent unvoniga sazovor bo‘ldi va Toshkent davlat madaniyat institutida “Musiqa nazariyasi va tarixi“ kafedrasi mudirasi lavozimida faoliyatini davom ettirdi. 2001 yildan 2021 yillargacha Reyngold Moritsevich Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida (RIMAL) “Musiqa nazariyasi“ bo‘limining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Pedagogik va ijodiy faoliyatini uyg‘unlikda olib borgan Zumrad To‘ychiyeva milliy ruh va ohanglar bilan singdirilgan turli janr va shakllarda katta va murakkab asarlar yaratdi. Ular orasida Zulfiya so‘ziga yozilgan yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun “Ayol madhiyasi”, Husniddin Sharipov so‘ziga yozilgan yakkaxonlar, xor va simfonik orkestr uchun “Tabarruk tuproqqa qasida” kantatasi, Turob To‘la so‘ziga yozilgan “Farzand mehri” balladasi, “Bayram uvertyurasi”, kamer asarlari orasida torli kvartet uchun pesa, skripka va fortepiano uchun variatsiyali ariya, sonatina, fortepiano uchun pesalar, prelyudiya va fugalar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu asarlar o‘zbek xalq kuylariga xos bo‘lgan kuch, ohang va maftunkorlikni o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi.

Z.To‘ychiyeva o‘zbek cholg‘ulari tabiatini yaxshi biladi, ulardan mohirona foydalanadi. Uning o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri va xonanda uchun yozilgan qo‘shiq va romanslari milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan, ular tabiiy va jozibali jaranglaydi. Nadim Orifjonov so‘ziga yozilgan “Hur Vatan” nomli qo‘shiq ommaviy kuylar va marsh ohanglaridan mujassam bo‘lgan. U bolalar xori, yakkaxon va orkestr uchun yozilgan bo‘lib, quvnoq va shodlikka to‘la kayfiyatda yangraydi.

Zumrad To‘ychiyevani “Musiqa nazariyasi“ fanlarining faxriy o‘qituvchisi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, 50 yillik o‘qituvchilik faoliyati davomida ijrochilar va o‘qituvchilarning bir necha avlodini o‘stirib, voyaga yetkazdi.

Z.To‘ychiyeva o‘qituvchilik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy-uslubiy ishlarni ham olib borar edi: “Solfedjiodan intonatsion mashqlar“, “Garmoniyadan yakka darslarni olib borish uslubi“, “Ko‘p ovozli diktant yozish o‘quvini rivojlantirish“, O‘zbekiston kompozitorlari asarlari asosida yozilgan “Polifonik solfedjio“, muallif – Z.To‘ychiyevaning musiqalari asosida yozilgan “Polifoniyadan tahliliy mashq va masalalar“ kabi o‘quv qo‘llanmalari hozirgi kunda ham talabalarga nazariy fanlarni o‘zlashtirish jarayoniga ko‘mak beradi.

Zumrad To‘ychiyeva hayoti davomida ijodiy, pedagogik faoliyatlaridan tashqari ma’rifiy jamoatchilik faoliyatni ham olib bordi. U o‘zbek musiqiy san’atining rivoji va ommalashishiga katta hissa qo‘shdi. “Musiqa olamida“ nomli bir qator radio va televideniye eshittirishlari muallifi bo‘lib, ularda yosh ijrochilarning yutuqlari namoyish etilgan. O‘zbek kompozitorlarining ijodini targ‘ib etishga bag‘ishlangan konsertlar va uchrashuvlar tashkil qilgan.

Ustozning hayot yo‘li barchaga namuna bo‘la oladigan ibrat maktabi bo‘lib, uning yodi va siymosi shogirdlar va ilm ahli xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Sevara Malikova,  

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zumrad To‘ychiyeva – birinchi o‘zbek ayol bastakori