O‘zbekiston xalq shoiri, adabiyotimizning yorqin siymolaridan biri Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdi.

Zulfiyaxonim Isroilovaning hayoti va ijodiy faoliyatini chuqur o‘rganish, uning adabiyotimizga qo‘shgan beqiyos hissasini e’tirof etish hamda yoshlarni milliy madaniyat va adabiyotga yanada yaqinlashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar shoiraning hayoti, ijod yo‘li va uning muhabbat, vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar haqidagi asarlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, uning o‘zbek ayoli qiyofasini ulug‘lovchi she’rlari, adabiy izlanishlari va ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumot olishdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA