Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning kitob mutolaasi bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun ko‘plab loyiha va tanlovlarni an’anaviy o‘tkazib kelmoqda. Bu tashabbuslar yoshlarni ilm-fan va adabiyotga yanada yaqinlashtirib, ularning intellektual yuksalishiga hissa qo‘shmoqda.
Xususan, kitobxon yoshlarning sevimli loyihasiga aylangan "Zukko kitobxon" intellektual o‘yini ularning bilim va ko‘nikmalarini hamda fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Zukko kitobxon” tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi o‘tkazildi.


Natijalarga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan
1-o‘rin – Amudaryo tumani jamoasi,
2-o‘rin – Nukus tumani jamoasi,
3-o‘rin – Ellikqal’a tumani jamoasi,
Andijon viloyatidan
1-o‘rin – Baliqchi tumani jamoasi,
2-o‘rin – Qo‘rg‘ontepa tumani jamoasi,
3-o‘rin – Shahrixon tumani jamoasi,
Buxoro viloyatidan
1-o‘rin – Kogon tumani jamoasi,
2-o‘rin – Kogon shahri jamoasi,
3-o‘rin – G‘ijduvon tumani jamoasi,
Jizzax viloyatidan
1-o‘rin – G‘allaorol tumani jamoasi,
2-o‘rin – Zafarobod tumani jamoasi,
3-o‘rin – Forish tumani jamoasi,
Qashqadaryo viloyatidan
1-o‘rin – Koson tumani jamoasi,
2-o‘rin – Kasbi tuman jamoasi,
3-o‘rin – Mirishkor tuman jamoasi,
Namangan viloyatidan
1-o‘rin – Chortoq tuman jamoasi,
2-o‘rin – Norin tuman jamoasi,
3-o‘rin – Uychi tuman jamoasi,

Navoiy viloyatidan
1-o‘rin – Zarafshon shahar jamoasi,
2-o‘rin – Navbahor tumani jamoasi,
3-o‘rin – Xatirchi tuman jamoasi,
Samarqand viloyatidan
1-o‘rin – Urgut tuman jamoasi,
2-o‘rin – Payariq tumani jamoasi,
3-o‘rin –Ishtixon tuman jamoasi,

Sirdaryo viloyatidan
1-o‘rin – Guliston shahar jamoasi,
2-o‘rin – Yangiyer shahar jamoasi,
3-o‘rin – Sayxunobod tuman jamoasi,
Surxondaryo viloyatidan
1-o‘rin – Bandixon tuman jamoasi,
2-o‘rin – Sariosiyo tuman jamoasi,
3-o‘rin – Termiz shahri jamoasi,
Toshkent viloyatidan
1-o‘rin – Ohangaron tuman jamoasi,
2-o‘rin– Chirchiq shahar jamoasi,
3-o‘rin –Nurafshon shahar jamoasi,
Farg‘ona viloyatidan
1-o‘rin – Rishton tumani jamoasi,
2-o‘rin– Quva tumani jamoasi,
3-o‘rin – Oltiariq tuman jamoasi,
Xorazm viloyatidan
1-o‘rin – Gurlan tuman jamoasi,
2-o‘rin– Yangiariq tuman jamoasi,
3-o‘rin– Tuproqqal’a tuman jamoasi,
Toshkent shahridan
1-o‘rin – Bektemir tuman jamoasi,
2-o‘rin –Shayxontohur tuman jamoasi
3-o‘rin –Olmazor tuman jamoasiga nasib etdi.
Tanlovda 1-o‘rinni egallagan jamoa 6 million 600 ming so‘m, 2-o‘rin 4 million 800 ming so‘m va 3-o‘rin 3 million 600 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA