Zuhriddin Qiyomovning ilk körgazmasi: “Körinmas ufqlar sari”
Toşkent fotosuratlar uyida rassom Zuhriddin Qiyomovning "Körinmas ufqlar sari" körgazmasi oçildi. U sönggi uç yillik izlanişlarni sarhisob qilib, tomoşabinni falsafiy dunyoga çorlaydi.
Rassomlar olami — özgaça bir olam. Ularning nigohida biz körmagan manzaralar, tafakkurida oddiy nigoh ilğay olmaydigan maʼnolar, qalbida esa söz bilan ifodalaş muşkul bölgan tuyğular yaşaydi. Ular borliqqa şunçaki qaramaydi, balki uni his qiladi, kuzatadi, tahlil etadi, muşohada qiladi. Köp gapirişdan köra köproq izlanişni, öz keçinmalarini sözlardan köra ranglar vositasida ifodalaşni afzal biladi. Zero, rassom uçun har bir rang — bir tuyğu, har bir çizgi — bir fikr, har bir kompozitsiya esa qalbning sözsiz bayonidir.
Ana şunday ijodkorlardan biri — rassom Zuhriddin Qiyomov. 10-noyabr kuni Toşkent fotosuratlar uyida uning sönggi uç yillik ijodiy izlanişlari sarhisobi bölgan “Körinmas ufqlar sari” nomli şaxsiy körgazmasi oçildi. Uşbu körgazmaga taşrif buyurgan tomoşabin avvalo asarlarning ranglar jilosiga mahliyo böladi. Biroq ranglar ortida yaşiringan maʼnolarni anglaşga kirişgan sari rassomning içki dunyosi, falsafiy qaraşlari va badiiy tafakkuri bilan yuzma-yuz keladi. Körgazmaning taşkil etilişi, asarlarning mavzular böyiça puxta joylaştirilişida sanʼatşunos Munis Nurning taşabbusi, rahbarligi va taşkilotçilik mahorati alohida eʼtirofga loyiq.
Qizil va kulrang zallarda namoyiş etilgan asarlar şunçaki bir joyga jamlanmagan. Ularning har biri muayyan ğoya, mavzu va badiiy konsepsiya asosida örin olgan. Bu esa sanʼatşunosning rassom ijodini çuqur örgangani, asarlar mazmuni va mohiyatini teran anglaganidan dalolat beradi.
Körgazmaning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur iştirok etib, uni oçib berdi. Badiiy ijodkorlar uyuşmasi rahbari Ibrohim Valixöjayev rassomni qutlar ekan, uning ijodiy mehnatlarini eʼtirof etib, Badiiy ijodkorlar uyuşmasining “Oltin medali” bilan taqdirladi hamda kelgusi ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. Tadbirda taniqli rassomlar, sanʼatşunoslar, ustoz-professorlar, talabalar va sanʼat ixlosmandlari iştirok etdi.
[gallery-https://uza.uz/oz/collection/32445]
Körgazmadagi har bir asar tomoşabinni öziga xos bir olamga yetaklaydi. Masalan, “Lahza” nomli asarda tasvirlangan tovusga bir nazar taşlang. Tillarang jilolarga burkangan quş keng qanotlarini yoygan. Uning patlaridagi ranglar göyo atrofga nur, ziyo va oltin zarralarini soçayotgandek. Bu manzarani tomoşa qilar ekanman, tovus timsolida rassomning içki olamini, qalbidagi yoruğlikni, gözallikka bölgan intilişini his qildim. Göyo rassom öz qalbidagi nurni quş qanotlari orqali borliqqa ulaşayotgandek. “Muhabbat” nomli uçlik asari esa yanada çuqurroq muşohadaga çorlaydi. Unda uç xil qiyofa, uç xil holat va ayni paytda inson taqdiri bilan boğliq uç xil maʼno mujassam. Birinçi ayolning yuzi oçiq, qölida kitob. U ilm, maʼrifat va izlaniş ramzidek namoyon böladi. Ikkinçi ayol paranji içida, yuzi körinmaydi, qölida tasbeh. Unda ibodat, eʼtiqod va içki ruhiy olam ifodasini köriş mumkin. Uçinçi ayolning esa yuzining bir qismi körinadi, qölida qafasdan ozod bölgan quş bor. Bu uç obrazga qarab turib, inson hayotining turli bosqiçlari, tarixiy xotira, maʼrifatga intiliş, eʼtiqod, erkinlik va ozodlik tuşunçalari haqida öyga tolasiz. Quşning qafasdan uçib çiqişi esa inson ruhining ozodlikka bölgan azaliy intilişini anglatgandek. Rassom bu asarida tayyor javob bermaydi. Aksinça, tomoşabinni savollar bilan yuzlaştiradi. Har kim undan öz dunyoqaraşi, hayotiy tajribasi va qalbiy keçinmalariga qarab maʼno topadi. “Zulmatdan nigoh” asarida esa börining yonib turgan közlari diqqatni tortadi. Uşbu nigohda qandaydir ogohlik, kuç, matonat va içki qudrat mujassam. Asarga boqar ekansiz, zulmat qarşisida taslim bölmaslik, har qanday sinovga tik qaraş, kelajakka işonç bilan intiliş ğoyalari xayoldan ötadi. Bu asarda börining nigohini şunçaki hayvonning qaraşi emas, balki kuçli iroda va huşyorlik timsoli sifatida qabul qiladi. Unda xalqimizning tarixiy sinovlardan ötib, yoruğ kelajak sari intilayotgan ruhini ham köriş mumkin. Zero, bugungi yoş avlodning vazifasi ham şu: har qanday taşqi va içki tahdidlarga nisbatan ogoh böliş, milliy qadriyatlarimizni asraş, bilim va tafakkur bilan yuksaliş.
— “Körinmas ufqlar sari” ekspozitsiyasi rassomning sönggi uç yillik ijodiy izlanişlari sarhisobidir. Unda manzaralar, figurativ rangtasvir namunalari, falsafiy muşohadalar bilan bir qatorda xorijiy safarlardan söng yaratilgan eksperimental asarlar ham örin olgan. Badiiy izlanişlarning markazida inson ruhiyatining köp qirraligi turadi. Köz ilğaydigan çegaralardan nariga nazar taşlaş, inson tabiatining yaşirin qirralarini kaşf etişga intiliş aynan şu körgazma konsepsiyasining asosini taşkil etadi. Ekspozitsiya şartli ravişda uç qismga bölingan bölib, ularning har biri muallif dunyoqaraşining alohida qirrasini namoyon etadi, — dedi sanʼatşunos Munis Nur.
Körgazmada Özbekiston xalq rassomi Alişer Aliqulov ham iştirok etib, Zuhriddin Qiyomovning ijodiga alohida töxtaldi:
— Zuhriddinni ançadan beri kuzatib kelaman. Bugun uning şaxsiy körgazmasiga guvoh bölib turibmiz. Eng muhimi, rassomning yangi qirralari oçilgan, öz yölini, öz badiiy uslubini topayotganini köriş mumkin. Bugungi kunda köp rassomlar katta hajmdagi asarlar yaratişga jurʼat qilolmaydi. Buning iqtisodiy sabablari ham bordir, balki katta formatda işlaşning masʼuliyati va murakkabligi ham taʼsir qilar. Ammo Zuhriddin kabi yoş ijodkorlarimiz bunday asarlarni bemalol yaratib, tomoşabin eʼtiboriga havola etayotgani quvonarli hol. Bu — tasviriy sanʼatimizdagi yangi bir jarayon. Yoşlarimiz erkin fikrlayotgani, izlanayotgani va özini namoyon etayotganidan xursandman. Ijodkor töxtab qolmasligi kerak. Har bir davrning öz rassomlari, öz sanʼat namoyandalari böladi. Özbekiston tasviriy sanʼati tarixida öz muhrini qoldiradigan ijodkorlar yetişib çiqişi muhim. Işonç bilan ayta olamanki, Zuhriddinning bugungi asarlari ham kelajakda sanʼat tarixidan munosib örin oladi. Unga omad tilayman, — dedi xalq rassomi.
Darhaqiqat, rassomning katta formatdagi asarlari oldida töxtab, ularni tomoşa qilar ekansiz, bunday ijodiy jasorat ortida qançadan-qança mehnat, izlaniş va masʼuliyat turganini his etasiz. Sanʼatkor uçun öz uslubini topiş oson emas. Buning uçun yillar davomida izlaniş, özini sinovdan ötkaziş, bir qolipda qolib ketmaslik talab etiladi.
— Zuhriddinning uşbu körgazmasi birinçi şaxsiy körgazmasi hisoblanadi. Ilk körgazmaga şunça köp tomoşabin kelganini körib turibmiz. Bu esa uning ijodiga qiziqiş borligidan dalolat beradi. Kelajakda undan yaxşi rassom çiqişiga işonaman. Uning asarlari insonni öylaşga, muşohada qilişga çorlaydi. Zuhriddin tengdoşim. Unga maslahat berişdan köra, samimiy omad tilaşni maʼqul köraman, — dedi rassom Elnur Egamov.
Nazarimda, körgazmaning eng katta yutuği ham şunda: u tomoşabinga faqat gözallikni körsatmaydi, balki fikrlaşga, savol berişga, öz qalbiga nazar taşlaşga undaydi. Bugungi kunda yoş rassomlarning ana şunday mustaqil fikrga ega bölişi, öz badiiy tilini izlaşi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni zamonaviy tafakkur bilan uyğunlaştirişi muhim ahamiyatga ega. Çunki sanʼat faqat ranglar va şakllar majmui emas. U insonni tarbiyalaydi, qalbini boyitadi, dunyoqaraşini kengaytiradi. Haqiqiy sanʼat asari insonni bir lahza bölsa-da kundalik taşvişlardan uzib, özi va borliq haqida öylaşga majbur etadi. Işonamanki, sanʼatga oşno bölgan yoşlar bunday körgazmalardan nafaqat estetik zavq oladi, balki tarixni anglaş, milliy qadriyatlarni qadrlaş, ilm-maʼrifatga intiliş va erkin fikrlaş borasida ham muhim xulosalar çiqaradi. Zero, sanʼatning vazifasi faqat közni quvontiriş emas, qalbni uyğotişdir.
Munira Ramazonova
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, sanʼatşunos