Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish” mintaqaviy loyihasi bilan hamkorlikda zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh majlisi bo‘lib o‘tdi.

“Zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikdagi harakatlar: ayollar va bolalar huquqlari himoyasi, zo‘ravon ekstremizmga qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirish” mavzusida o‘tgan ushbu majlisda senatorlar, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, bir qator vazirlik-idoralar mas’ullari, shuningdek, Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.

Muhokamada shu yo‘nalishdagi eng dolzarb masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, yoshlar bilan tizimli ishlash, profilaktika jarayonida ayollarning faolligini oshirish hamda davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Senat qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda davlat va nodavlat tuzilmalarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakati muhimligini alohida ta’kidladi. Bu jarayonda yoshlar va ayollar ishtirokini faollashtirish, ayniqsa, mahalla darajasida erta profilaktika choralari samaradorligini oshirish zarur.

Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova hududlarda yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, mavjud bo‘lgan kontentlarga tanqidiy fikr yuritish borasida o‘quv seminarlari o‘tkazish taklifini bildirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar olib borilayotgan ishlarni yanada yaxshilash, tegishli qonunchilik va hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar bildirdi.  

Har bir ishchi guruh a’zosining taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, idoralararo ishchi guruhning ish rejasi loyihasini ishlab chiqish belgilandi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashishda idoralararo hamkorlik kuchaytiriladi