Prezident tashrifidan so‘ng...

Bugun Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘p jihatdan hududga keng jalb qilinayotgan investitsiyalar ko‘lami hamda tadbirkorlarimizning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liq. Hududning Zomin tumanida barpo etilgan keng turdagi maishiy texnika vositalari va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi majmua “Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etildi.

Mazkur sanoat parkida 100 xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Jumladan, MDHda eng katta plastmassa ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilib, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlariga eksport amalga oshiriladi. Bundan tashqari, avtomobillar uchun plastmassa mahsulotlarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. 

Joriy yil 22 iyul kuni Prezidentimiz Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida mazkur sanoat parkida bo‘lib, maqsadli loyihalar bilan tanishdi.

– Loyihamiz umumiy maydoni 180 ming metr kvadrat. Bu yerda maishiy texnika va butlovchi qismlar ishlab chiqarish mo‘ljallangan, ishga tushgach, 7 yarim ming ish o‘rni yaratiladi. Uning birinchi bosqichi shu yilning avgust oyida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz mazkur loyihamiz bilan tanishib, jumladan, loyihaga yoshlarni jalb etish borasida muhim topshiriqlarni berdi, – deydi “Artel Engineering and Management” korxonasi rahbari Shohrux Ro‘ziqulov.

Sanoat parkida kir yuvish mashinalari, sovutkichlar, elektr suv isitkichlar va boshqa butlovchi qismlar, qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqariladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0_nxI8wkY2w" title="Zominda yangi loyiha orqali 7 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda yangi loyiha orqali 7 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi (+video)