“O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tuman bo‘limi, viloyat va tuman fermerlar hududiy kengashlari hamkorligida Zomin tumanidagi “Albek To‘rayev” fermer xo‘jaligining 40 gektarlik piyoz maydonida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Zomin tuman hokimligi, sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Zominda ko‘p yillardan buyon dehqonlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, piyozdan yuqori hosil olib kelinmoqda. 

Joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida tumandagi 225 nafar fermer xo‘jaliklari 1740 gektar lalmi yerda Niderlandiyaning “Banko” va “Arlando” navli serhosil piyoz urug‘larini ekib, agrotexnik talablarga rioya qilgan holda parvarish qilmoqda. Ana shu tajriba mamlakat miqyosida e’tirof etilib, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 iyuldagi “Respublikada piyoz va sabzi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, qayta ishlash va ularning eksport hajmlarini oshirish to‘g‘risida”gi qarorida Zomin tajribasini boshqa hududlarda ham tatbiq etish vazifasi belgilangan. Ushbu o‘quv-amaliy seminar hukumat qarorining mazmun-mohiyati va ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda “O‘zagroinspeksiya”ning Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Turdibekov Vazirlar Mahkamasining yuqorida nomi zikr etilgan qarorining mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berdi. Seminar davomida usta dehqonlar va sohaviy mutaxassislar tomonidan agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, har gektar yerdan 100–130 tonnagacha hosil olish sirlari, kasalliklarga qarshi kurash va sifatli mahsulot yetishtirish borasida tavsiyalar berildi.

– Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 iyuldagi yuqorida nomi zikr etilgan 437-sonli qarori ijrosi doirasida piyoz yetishtirish jarayonlarini nazorat qilish, fermerlarga agrotexnik ko‘mak berish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, – deydi Zomin tuman agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi Qudrat Abdugabborov. – Nazoratimiz mahsulot sifatini ta’minlash, hosildorlikni oshirishga qaratilgan. Seminarda dehqonlar o‘rtasida tajriba almashish jarayoni ham yuqori darajada tashkil etildi.

Tadbirda tajribali dehqonlar ham so‘zga chiqib, yuqori hosil olish bo‘yicha o‘z tajribalarini ishtirokchilarga gapirib berishdi. Seminar yakunida “Albek To‘rayev” xo‘jaligidagi mevali daraxtlar, sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ham namuna sifatida namoyish etildi.

Xulosa qilib aytganda, Zominda shakllangan samarali tajriba piyoz yetishtirishni yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 437-sonli qarori asosida bunday yondashuvning boshqa hududlarda ham qo‘llanilishi, fermerlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashuvining ta’minlanishi qishloq xo‘jaligini yanada yuksaltirishga zamin yaratadi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zomin tajribasi – piyoz yetishtirishda samarali yondashuv