Zomin qozon patirining siri nimada?
FOTOREPORTAJ
An’anaviy o‘zbek nonlari asosan tandirda yopiladi. Jizzax viloyatida esa qozonda patir tayyorlash usuli keng tarqalgan. Qozon patir og‘ir cho‘yan qozon tubida pishiriladi.
Jarayon avvalida, nonning markaziy qismi turli xildagi chiroyli naqshlar bilan bezatiladi. Ushbu patirni mahoratli ayollar o‘z qo‘li bilan, hech qanday vositasiz tayyorlaydi.
[gallery-9798]
O‘riklisoy qishlog‘idagi Shayzaqovlar xonadonida bo‘lib, xonadon bekasi Ruqiya opaning mashhur Zomin qozon patirini tayyorlash jarayoni bilan tanishdik:
– Qozon patir tayyorlash unchalik uzoq vaqtni talab etmaydi, - deydi Ruqiya Shayzaqova. – Qozon patirni asosan, yanchilgan suv tegirmon unidan tayyorlaymiz. Boisi, suv tegirmonda yanchilgan unning ta’mi juda ham mazali bo‘ladi.
Zomin tabiatini ko‘rish uchun uzoq-yaqindan kelgan sayyohlar albatta, Zomin qozon patiriga buyurtma beradi. Mavsumda bir kunda novvoy 50-60 donagacha qozon patir sotishi mumkin.
Qozon patir – yumshoq mag‘zli va usti qars-qurs issiq non. Bunday non yangi qaymoq va choy bilan nonushta uchun ayni muddao.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA