Ma’lumki, mustaqillikka erishgunimizga qadar sho‘ro davlatining boshqaruv siyosati tufayli chekilgan aziyat va sitamlarni birgina xalqimiz emas, o‘sha vaqtda davlatimizning nufuzli lavozimlarida xizmat qilgan ko‘pgina rahbarlar ham chetda qolmaganlari sir emas. Atoqli davlat va jamoat arbobi Rahimjon Rajabov ham ana shunday o‘ta sinovli, mashaqqatli davrda zahmat chekkan insonlardan biri edi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Davlat va jamoat arbobi Rahim Rajabovning mazmunli hayoti va ibratli xizmat faoliyati haqida muallif Ziyovuddin Najimov tomonidan yozilgan “Chin ma’nodagi qat’iyatli ustoz edilar..." nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot avvalida xalqimizning fidoyi va zahmatkash farzandi Rahimjon Rajabov hayoti, faoliyati haqida hujjatli film namoyish etildi.

Taqdimot tadbirida Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari, taniqli publitsist va jurnalist Sharof Ubaydullayev va boshqalar keyingi yillarda milliy mustaqilligimizning tamal toshini qo‘ygan, istiqlolning dastlabki va eng og‘ir, murakkab yillarida mamlakatimiz, xalqimizning turli sinovlaridan eson-omon chiqib ketishida jonbozlik ko‘rsatgan zahmatkash hamyurtlarimizning xotirasini ardoqlash, ularga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ibratli hayot yo‘lini, faoliyatini namuna sifatida ko‘rsatishga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlandi. Jamoat arbobi Rahimjon Rajabov xotirasi nafaqat yaqin do‘st birodarlari, shogirdlari, balki yoshlarimiz xotirasida ham bir umr ibrat siymosida saqlanib qoladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3694cAl9-ng" title="Ziyovuddin Najimov: “Chin maʼnodagi qatʼiyatli ustoz edilar...&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ziyovuddin Najimov: “Chin ma’nodagi qat’iyatli ustoz edilar..." (+video)