Turizm hozirda dunyo rivojlanishini harakatlantiruvchi eng asosiy sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, turizm XXI asrning eng daromadli sohasiga aylangan. Shuning uchun ham sayyohlik BMT tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha barqaror rivojlantirish dasturining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy turizmning yo‘nalishlari orasida “ziyorat turizmi” tushunchasi sayyohlik industriyasining eng qadimiy va tarixiy turi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Ayni paytda yurtimizda Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024" davom etmoqda. Forumda 300 dan ortiq tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Forum dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ekskursiya faoliyati uchun mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida tashkil etildi. 

Forumdan ko‘zlangan maqsad ekskursiya sohasida tajriba va bilim almashish, turizm industriyasining muhim yo‘nalishlaridan birini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, o‘zbekistonlik va xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari”, “Gidlarni tayyorlashda auditoriyadan tashqari darslarni ziyorat turizmi ob’ektlarida tashkil etish”, “Ziyorat turizmida gidning o‘rni: kasbiy mahorat va bilimga qo‘yiladigan talablar”, “Zamonaviy O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot institutining o‘rni”, “Ziyorat safarlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning dolzarb muammolari”, “Zamonaviy turizmda gidning roli: kasbiy muammolar va imkoniyatlar”, “Ziyorat turizmida ekskursiya faoliyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda mazkur soha bo‘yicha talaba-yoshlar saboq olib kelmoqda. Shuningdek, Akademiya hududida muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralari mavjud. Mazkur ziyoratgohlarga keluvchilar soni yanada ortib bormoqda. 

Muhokamalar davomida O‘zbekiston ichki turizmini rivojlantirishning strategik rejasini shakllantirish, ziyorat turizmini rivojlantirish, turizm industriyasi rivojlanish istiqbollari masalalari yoritib berildi. Xalqaro turizm rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro mehmonxonalar tizimining turizmning rivojlanishidagi ahamiyatiga oid axborotlar taqdim etildi. 

– Mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi Turizm qo‘mitasining ichki va chiqish turizmini rivojlantirish va barqaror turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Shahloxon Soliyeva. – Jumladan, Qo‘mitamiz tomonidan “Tabarruk ziyorat” platformasi ishlab chiqilib, unda turkiy davlatlarning ziyoratgohlari haqida ma’lumot joylashtirildi. Bugungi kunda yurtimizda 1200 dan ortiq ziyoratgoh mavjud. Ichki turizmni rivojlantirish borasida ham rejalarga egamiz. Bu yil 10 millionga yaqin xorijiy sayyohlarning tashrifini rejalashtiryapmiz. Ularning 30 foizdan ko‘pi ziyorat turizmiga taalluqli bo‘ladi. Yana bir loyida “Naqshbandiya pirlari” turizmi halqasi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi ziyoratgohlarini birlashtiruvchi tizim ishlab chiqildi. Bu ham ziyorat turizmini rivojlantirishdagi yana bir qadam bo‘ladi. 

Hamkor tashkilotlar bilan ilmiy va amaliy aloqalarni kuchaytirish borasida fikrlar almashilib, qizg‘in va munozaralarga boy bo‘lgan davra suhbati barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Anjumanda O‘zbekistonda ziyorat turizmining yagona brendini yaratish masalalari, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha hududlarning dolzarb muammolari va tajribasi muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ziyorat turizmi – madaniyatlararo almashinuv va bag‘rikenglikni mustahkamlash sohasi sifatida ko‘rib chiqildi. 

N.Usmonova, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ziyorat turizmining istiqbollari muhokama etildi