Ziyolilar sözi — taşabbus va natijaga aylanadi
Jamiyatni yuksaltiriş uçun faqat iqtisodiy islohotlar emas, balki yuksak tafakkur, mustahkam maʼnaviyat va faol fuqarolik pozitsiyasi ham zarur. Bu jarayonda ziyolilarning sözi, taşabbusi va amaliy iştiroki hal qiluvçi ahamiyatga ega. Sirdaryo viloyatida ötkazilayotgan Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişida ham aynan şu masalalar kun tartibidan örin oldi.
Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ötkazilayotgan anjumanga respublika vakillari, taniqli olimlar, davlat va jamoat arboblari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, soha mutaxassislari hamda Sirdaryo viloyatining faol ziyolilari jam böldi. Unda hududning ilmiy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltiriş, jamiyatni öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş va ziyolilar taşabbuslarini amaliy natijalarga yönaltiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbir iştirokçilari dastlab ijod maktabi hovlisidagi Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva haykali poyiga gulçambar qöyib, şoira xotirasiga hurmat bajo keltirişdi. Söng uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan muzey ekspozitsiyalari bilan tanişdi.
Anjuman Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boşlandi. Ijod maktabi öquvçilarining Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub, Vatanni uluğlovçi şeʼrni ifodali öqişi tadbirga öziga xos ruh bağişladi.
Yiğilişni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati bölimi rahbari Murodjon Hayitov olib bordi. Viloyat hokimi örinbosari Otabek Mavlonberdiyev anjumanni oçar ekan, Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirovning kengaş iştirokçilari, yaʼni ziyolilarga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi.
Unda keyingi yillarda mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangani, ziyolilarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyatdagi örni va nufuzini oşirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Tabrikda mamlakatni taraqqiy ettiriş, jamiyatni yangilaş va xalqning kelajakka işonçini mustahkamlaş uçun, avvalo, bilimli, maʼrifatli, fidoyi va vatanparvar insonlarga tayaniş zarurligi taʼkidlandi. Zero, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, taʼlim va ilm-fanni qöllab-quvvatlaş orqali fikrlaydigan, izlanadigan va yangilikka intiladigan jamiyatni şakllantiriş mumkin.
Haqiqiy ziyolilik faqat diplom, ilmiy unvon yoki lavozim bilan belgilanmaydi. U insonning bilimi, odobi, vijdoni, masʼuliyati va şaxsiy namunasida namoyon böladi. Öqituvçi yoşlarga nafaqat bilim, balki ezgulik saboğini ham beradi. Olim jamiyat muammolariga ilmiy yeçim izlaydi. Şifokor inson hayoti va qadrini asraşga xizmat qiladi. Ijodkor xalqning orzu-umidlari va dardini ifoda etadi. Madaniyat va sanʼat vakillari esa milliy qadriyatlarni asrab, kelajak avlodga yetkazadi.
Şu maʼnoda, ziyolilarning yoş avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, ilmga intiliş va yuksak masʼuliyat ruhida tarbiyalaşdagi örni beqiyos ekani alohida eʼtirof etildi.
Kengaşning asosiy vazifasi ham turli sohalardagi bilim va tajribani birlaştiriş, jamiyatni öylantirayotgan masalalarni oçiq muhokama qiliş, amaliy takliflarni saralaş va ularni umummilliy darajaga olib çiqişdan iborat. Binobarin, kengaş rasmiy yiğilişlar doirasida qolib ketmasdan, xalq orasida hurmat qozongan, mustaqil fikrlaydigan va Vatan taqdiriga befarq bölmagan insonlarni birlaştiruvçi jamoatçilik maydoniga aylanişi lozim.
Şundan söng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyiş etildi. Xususan, «Özbek kelayotir» videoroligi iştirokçilarda milliy ğurur va daxldorlik tuyğularini uyğotdi.
Anjumanda sözga çiqqan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi raisi Pokiza Ahmedjanova, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Töyçiyev, Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi raisi Nodir Jumayev, «Jadid» gazetasi boş muharriri, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo, Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti rektori Avaz Mansurov, Özbekiston xalq hofizi Isroiljon Vahobov, Yoşlar parlamenti aʼzosi Nilufar Ergaşeva, Guliston davlat universiteti professori Ravşanbek Mahmudov, «Yangi Sirdaryo — Novaya Sirdarya» gazetasi muharriri Bahrom Boymurodov hamda «Guliston hayoti» gazetasi boş muharriri Bahriniso Norjigitovlar öz çiqişlarida ziyolilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati, maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş va milliy yuksalişga daxldor dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirişdi.
Kengaş faoliyatining muhim jihati şundaki, turli soha vakillari şuʼbalarga bölingan holda masalalarni ilmiy, ijtimoiy, madaniy va amaliy tajriba asosida muhokama qiliş imkoniyatiga ega bölmoqda. Bu jarayon muayyan sohaga taalluqlidek köringan muammolarning aslida jamiyat hayoti bilan çambarças boğliqligini anglaş, ularga keng qamrovli va samarali yeçimlarni topişga xizmat qiladi.
[gallery-32456]
— Qaysi allomamizning hayoti va ijodini örganmaylik, qaysi buyuk ajdodimiz merosiga murojaat qilmaylik, ularning barçasi zamirida bir haqiqat mujassam: yuksalişning asosi — ilm-maʼrifat. Şu bois ziyolilarning salohiyatidan töliq foydalaniş, ularning jamiyat hayotidagi faolligi va fidoyiligini yanada oşiriş vaqti keldi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot, taʼlim va boşqa sohalarda keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Endi uşbu jarayonlarda ziyolilarning faol iştiroki, taşabbusi va jamoatçilik oldidagi masʼuliyati yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Işonamanki, sirdaryolik ziyolilar ham bu jarayonga munosib hissa qöşib, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçga kötarilişiga xizmat qiladi. Ayni paytda şuʼba yiğilişlarida bildirilayotgan takliflarni umumlaştiriş va ular orasidan eng maqbullarini saralaş işlari davom etmoqda, — dedi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi raisi Nodir Jumayev.
Kengaş faoliyatining yana bir muhim jihati — muhokamalarning aniq yönalişlar asosida taşkil etilganidir. Respublika bosqiçida yettita işçi şöʼba faoliyat yuritişi belgilangan bölib, ularda Yangi Özbekistonning ustuvor qadriyatlari, fuqarolik özligi, jamiyatdagi hamjihatlik, oila va mahalla, til va adabiyot, kitobxonlik, tarixiy xotira, milliy madaniyat hamda global özbek dunyosi bilan boğliq masalalar qamrab olinadi.
Bu yönalişlar faqat nazariy muhokamalar uçun tanlangan mavzular emas. Ularning har biri kundalik hayotimiz, oilaviy munosabatlar, taʼlim-tarbiya va jamiyatdagi maʼnaviy muhit bilan bevosita boğliq. Raqamli muhitning yoşlar tafakkuri va tarbiyasiga taʼsiri, oila va mahalla hamkorligini mustahkamlaş, özbek tilining taʼlim va raqamli makondagi mavqeini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, tarixiy xotirani asraş kabi masalalar butun jamiyat eʼtiborini talab qiladi.
Sirdaryo viloyatidagi muhokamalar doirasida törtta ustuvor yönaliş böyiça takliflar ilgari surilgani anjumanning amaliy mazmunini namoyon etmoqda. Ular orasida «Ijtimoiy odob-axloq kodeksi», «Qadriyatlar laboratoriyasi», «Yagona Vatan — umumiy fuqarolik masʼuliyati» milliy konsepsiyasi, «Yoşlar — millat drayveri» milliy dasturi, «Real oila» milliy raqamli platformasi, «Zamonamiz qahramonlari» milliy eʼtirof tizimi hamda «Özbek tili — taʼlim, iş va raqamli muhit tili» davlat dasturi kabi taşabbuslar bor.
Uşbu takliflarning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratilsa, ularning barçasida umumiy maqsad — milliy qadriyatlarni zamonaviy taraqqiyot talablari bilan uyğunlaştiriş, jamiyatdagi dolzarb muammolarga yangi yondaşuvlar asosida yeçim topiş, inson kapitali va maʼnaviy salohiyatni yuksaltiriş ğoyasi mujassam.
— Anjumanning Sirdaryo viloyati uçun ahamiyati şundaki, u hududda töplangan ilmiy, ijodiy va kasbiy salohiyatni bir maqsad yölida birlaştiriş imkonini bermoqda. Zero, viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, taʼlim sifati, tibbiy xizmatlar samaradorligi, yoşlar tarbiyasi va madaniy hayotni rivojlantirişda ziyolilarning iştiroki muhim örin tutadi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati bölimi rahbari Murodjon Hayitov.
Sirdaryoda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari, maktab va maktabgaça taʼlim tizimi pedagoglari, tibbiyot xodimlari, adabiyot va sanʼat namoyandalari, jurnalistlar hamda mahalla faollari öz bilim va tajribasi bilan hudud rivojiga hissa qöşib kelmoqda. Ularning mavjud muammolarga munosabati, taklif va taşabbuslari mahalliy darajadagi masalalarni hal etişda muhim ahamiyatga ega.
Xususan, yoşlarning kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ularni zamonaviy kasblar va ilm-fanga yönaltiriş, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, taʼlim muassasalarida maʼnaviy muhitni mustahkamlaş kabi masalalarda ziyolilarning faol iştiroki zarur. Şuningdek, ilmiy işlanmalarni işlab çiqariş va amaliyotga joriy etiş, mahallalarda maʼrifiy muhitni yaxşilaş, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltiriş, tibbiyotda profilaktika va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, hududning tarixiy-madaniy merosini asraş va ommalaştiriş kabi yönalişlarda ham ularning salohiyatidan samarali foydalaniş mumkin.
Bu borada kengaş faoliyatini muayyan natijalar bilan boğlaş muhim. Yaʼni bildirilgan har bir asosli taklif böyiça masʼul ijroçini, amalga oşiriş mexanizmlarini va kutilayotgan natijalarni belgilaş, taşabbuslarni hayotga tatbiq etiş imkoniyatini oşiradi. Şunda ziyolilar faoliyati faqat öz kasbiy vazifalari bilan çeklanmay, hudud hayotidagi dolzarb masalalarni hal etişga qaratilgan jamoatçilik harakatiga aylanadi.
Darhaqiqat, iqtisodiy islohotlar taraqqiyot uçun moddiy zamin yaratsa, ilm-fan, taʼlim, maʼrifat va yuksak maʼnaviyat uning mustahkam poydevorini şakllantiradi. Ziyolilarning vazifasi esa öz kasbi doirasida muvaffaqiyat qozoniş bilangina çeklanmaydi. Ularning jamiyatdagi özgarişlarga daxldor bölişi, muammolarga befarq qaramasligi va amaliy yeçimlar taklif etişi ham muhim.
Sirdaryoda boşlangan anjuman aynan şu maqsad yölidagi muloqot maydoni bölmoqda. Unda bildirilayotgan fikrlar, ilgari surilayotgan taşabbuslar va şuʼbalardagi muhokamalarning amaliy natijaga aylanişi ziyolilarning faolligi, hamkorligi va masʼuliyatiga boğliq.
— Eng muhimi, ziyolilarning sözi minbarda qolib ketmasligi, takliflari qoğozda aks etiş bilangina çeklanmasligi kerak. Har bir asosli taşabbus aniq ijroçi, amaliy mexanizm va natija bilan boğlansagina kutilgan samarani beradi, — deydi professor Ravşanbek Mahmudov.
Sirdaryodagi hududiy yiğilişlar 12-noyabr kuni ham davom etadi. Unda şuʼbalarda bildirilgan fikr va takliflarni umumlaştiriş, eng dolzarb taşabbuslarni saralaş hamda respublika miqyosida ilgari surişga qaratilgan işlar amalga oşiriladi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA