Ziyodaxon Isoqova yarim finalga chiqdi
"Tokio-2020" musobaqalarining para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova chorak finalda mog‘ulistonlik Enxtuya Xurelbaatarga qarshi jang qildi.
Mazkur bahsda Ziyodaxon raqibini 13:11 hisobida yengib, yarim finalda kurashni davom ettirishga muyassar bo‘ldi.

Yarim final bahslari bugun, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA