Ziroat Mirziyoyeva Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ochilgan "Mehrli maktab" gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi.
Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg‘onadan keyin respublikada beshinchi bo‘lib tashkil etilgan. Unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladi.
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi "Mehrli maktab"da yaratilgan qulay ta’lim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi va o‘quvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashg‘ulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA