O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qaror bilan aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional  hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalari muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlar, milliy elektron platforma, shuningdek, aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishchi-xizmatchilari ham alohida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston respublikasiga tashrif buyurgan sayyohlar tegishli qo‘llanmalar, buklet va eslatmalar, maxsus radio va teledasturlarni efirga uzatish, shuningdek, milliy elektron platforma va maxsus mobil ilovalardan foydalangan holda tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. 

Milliy elektron platformaning o‘quv reja va dasturlariga har uch yilda bir marotaba, sohadagi innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boriladi.

Aholini zilzila sharoitida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari faoliyati nazoratga olinib, doimiy monitoring yuritib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Milliy elektron platforma orqali tayyorgarlikdan o‘tgan fuqarolar joylarda o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab va maxsus-taktik o‘quv mashqlariga jalb etiladi. 

Mazkur qaror aholini zilzilada harakatlanishga oldindan tayyorlash, kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zilzila yuz berganda nima qilish kerak?..